Yerevanda muxolifat va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan qarorgohi yaqinida muxolifat namoyishchilari va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. 11 kishi qo‘lga olindi.
Yerevanda muxolifat namoyishchilari va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlar natijasida 50 kishi shahardagi tibbiyot muassasalariga yetkazildi, deb xabar berdi 3 iyun, juma kuni Armaniston sog‘liqni saqlash vazirligi.
«Ulardan 34 nafari politsiyachi, 16 nafari tinch aholi vakillari», — deyiladi xabarda. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, bir jabrlanuvchining ahvoli og‘ir, u operatsiya qilinmoqda. Boshqalarga birlamchi jarrohlik ko‘magi taqdim etilgan.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan yashaydigan Yerevan markazidagi hukumat dalahovlilari majmuasi yaqinida muxolifat namoyishchilari va politsiya kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Armaniston politsiyasi 11 kishi qo‘lga olingani va jinoiy ish ochilgani haqida xabar berdi. Aytilishicha, qo‘lga olinganlar huquq-tartibot idoralari xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, ularga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llagan, shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarata shisha, tosh va metall buyumlar uloqtirgan.
17 apreldan beri Yerevanda parlament muxolifati va qator muxolifat guruhlari tomonidan uyushtirilgan hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda. Ular «Qorabog‘ maqomi bo‘yicha rejani pasaytirish» tashabbusi bilan chiqqan va Ozarboyjon bilan tinchlik shartnomasini imzolashga chaqirgan bosh vazir Pashinyanning parlamentdagi nutqidan keyin boshlandi.
30 aprel kuni avvalroq Pashinyanga suiqasd uyushtirish va hokimiyatni tortib olishda gumon qilinib hibsga olingan mamlakat Milliy xavfsizlik xizmati sobiq rahbari Artur Vanetsyan barcha muxolifat kuchlari hukumat rahbarining iste’fosi talabi atrofida birlashganini e’lon qildi.
Vanetsyanning so‘zlariga ko‘ra, agar muxolifat hokimiyatga kelsa, Ozarboyjonga «bir tomonlama yon berish»ning oldini olish choralari ko‘riladi, Rossiya bilan aloqalar chuqurlashadi.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
10:10 / 09.10.2024
RF chegarachilari Armaniston va Eron chegarasini qo‘riqlashni to‘xtatadi
20:10 / 02.10.2024