100 ming dollarlik xonadonlar. Inshoot nigohida – Darhon Avenue
“Inshoot” loyihasining yangi soni Toshkent markazida neoklassika uslubida qurilgan Darhon Avenue turar joy majmuasiga bag‘ishlandi. Mualliflar majmua va undagi xonadonlar bilan tanishib, ko‘pchilikni qiziqtiradigan savollarga loyiha rahbaridan javob oldi.
10 qavatdan iborat, Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilgan Darhon Avenue'ning loyihasi puxta o‘ylangan, hududida qulay kirish yo‘li, avtoturargoh va bolalar maydonchasi bor.
“Xonadon xarid qilishda barcha birinchi o‘rinda uning joylashuviga katta e’tibor qaratadi. Biz ham shu kabi omillarni hisobga olib, shahar markazi – Darxon mavzesini tanlaganmiz”, deydi majmua rahbari G‘ulom Mahkamov.
Premium-klass xonadonlarning narxi qancha? G‘ulom Mahkamovning aytishicha, hozirda Toshkentda premium-klassdagi uylarning o‘rtacha narxi kvadratiga 10 million so‘mdan boshlanadi. Premium-klass darajasidan bir pog‘ona past xonadonlarning narxi o‘rtacha 7-8 millionga teng.
“Tanlangan hudud va majmuaning qurilishida ishonchli va yuqori sifatli xomashyolardan foydalanilgani sababli premium-klassdagi xonadonlar narxi balandroq bo‘ladi. Bizda 54,34 kvadratdan 302 kvadrat metrgacha maydonga ega xonadonlar sotiladi, ulardan eng talabgiri – kichik hajmli xonadonlardir. Sababi – aksariyat mijozlarimiz xonadon xarid qilib, uni ijaraga beradi, shuning uchun ularga kichikroq maydondagi xonadonlar qulay”, deydi suhbatdoshimiz.
Majmuada qo‘riqlanadigan “yopiq hovli” konsepsiyasi joriy etilgan. Hovli markazida favvora bor. Avtoturargohni qisman bolalar maydonchasining ostiga joylashtirish orqali ham maydonchani kengaytirishga, ham avtomobillarni yog‘ingarchilikdan pana qilishga erishilgan.
Inshoot fasadi ranglarida och qaymoq rang va kulrang mohirona uyg‘unlashtirilgan; klassika uslubi elementlariga ko‘zingiz tushadi. Faqat 2-3-qavatlarda ochiq balkon bor. Balkonlar joylashuviga qarab 2 xil – an’anaviy va fransuz uslubida.
Biz 9-qavatdagi ta’mirlangan xonadonlardan biri bilan tanishdik. 94 kvadrat metrli xonadonning eng e’tiborimizni tortgan jihati – mehmonxonaning aylana shaklida ekani. Shuningdek, derazalarning barchasi polgacha uzaygan fransuzcha uslubda ishlangan.
Xuddi shu tipdagi, hali ta’mirlanmagan xonadonni ham ko‘zdan kechirdik. Barchasi haqida batafsil video orqali tanishing. Yangi “Inshoot” loyihasi haqidagi fikr-mulohazalaringizni izohlarda kutib qolamiz.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

08:10 / 24.01.2025
2025 yilda renovatsiya asosida 20 ming xonadon quriladi

10:14 / 29.04.2024
Yangi qurilayotgan xonadonlar uchun to‘langan pullarni o‘zlashtirganlikda gumonlangan ikki shaxs qidiruvga berildi

08:24 / 22.06.2023
O‘zbekistonda 2,4 mln xonadonning kadastr hujjati yo‘qligi ma’lum qilindi

12:04 / 16.06.2023