Prezident raisligida ipoteka dasturi doirasida 2024 yilda amalga oşirilgan işlar va 2025 yil uçun rejalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Uy-joy qurişda asosiy e’tiborni eskirgan uylar örnida renovatsiya asosida zamonaviy köp qavatli uylarni köpaytirişga qaratiş zarurligi ta’kidlandi.
Renovatsiya hisobiga yerdan foydalaniş samaradorligi 4-5 karra oşadi, kommunikatsiya xarajati 2 karra kamayadi.
Asosiysi, bu orqali şu hududdagi odamlarning dunyoqaraşi özgaradi, turmuş tarzi tubdan yaxşilanadi, savdo-servis, iş örni köpayib, iqtisodiyot rivojlanadi.
Bu borada Jizzax, Marğilon, Qöqon, Şahrisabz, Qarşi şaharlari, Döstlik va poytaxt tumanlarida işlar yaxşi boşlangani qayd etildi. Ularning tajribasini barça hududda ommalaştiriş kerakligi, avariya holatidagi eskirgan uylarda yaşayotgan odamlar buni kutayotgani körsatib ötildi.
Renovatsiya asosida bu yil 20 ming xonadon qurilişini taşkil qiliş zarurligi qayd etildi.











