O‘zbekiston | 23:06 / 04.01.2026
3414
2 daqiqa o‘qiladi

Adliya vazirligi yangi xonadon sotib olish eskrou tizimida amalga oshirilishi haqidagi xabarni rad etdi

Vazirlik tomonidan “Ko‘p kvartirali uylar va boshqa ko‘chmas mulk obektini ulush kiritish asosida qurish to‘g‘risida” qonun loyihasi ishlab chiqilib, hukumatga kiritilgan. Eskrou tizimining joriy etilishiga oid masalalar ham ushbu qonun bilan tartibga solinishi belgilangan.

Foto: Kun.uz

Adliya vazirligi 1 yanvardan yangi qurilayotgan uylardan xonadon xaridi eskrou tizimi orqali amalga oshirilishi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, prezidentning tegishli farmoni bilan uy-joy qurilishi sohasini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlangan.

Shunga ko‘ra, vazirlik tomonidan “Ko‘p kvartirali uylar va boshqa ko‘chmas mulk obektini ulush kiritish asosida qurish to‘g‘risida” qonun loyihasi ishlab chiqilib, hukumatga kiritilgan.

Eskrou tizimining joriy etilishiga oid masalalar ham ushbu qonun bilan tartibga solinishi belgilangan.

Vazirlikning bildirishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar qonuniy asosga ega emas.

Eskrou tizimida mijozlar hali bitmagan uy uchun pulni quruvchiga to‘lamasdan, bankdagi eskrou hisobraqamiga qo‘yadi va bu pullar toki uy bitmaguncha quruvchining qo‘liga berilmaydi. Bunda banklar eskrou hisobvarag‘ida ulushdorlarning pullari turgani sababli quruvchiga arzonroq stavkada kredit beradi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid