Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Referendum to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 11 iyungi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni uch o‘qishda qabul qildi.
Palata matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘zgartishlar – Saylov kodeksiga so‘nggi yillarda kiritilgan o‘zgartishlar bilan bog‘liq.
“Referendum o‘tkazuvchi komissiyalar vakolatlarini aniqlashtirish, komissiyalar qarorlari yuzasidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish, kuzatuvchilarning huquqlarini kengaytirish va boshqa bir qator tuzatishlar kiritish nazarda tutilgan”, deyiladi xabarda.
Qonunga kiritilayotgan o‘zgartirishlar matni e’lon qilinmadi – ko‘plab holatlarda fuqarolar yangi qonunlarning matnidan ular imzolanib bo‘lganidan keyin xabar topmoqda.
Mavzuga oid
20:20 / 14.06.2026
Shveytsariyada referendum: mamlakat aholisi sonini cheklash taklifi rad etildi
17:55 / 09.06.2026
«Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron» - deputatlar yangi qonunni ma’qulladi
11:57 / 17.05.2026
Oqbo‘yradagi portlash yuzasidan Qonunchilik palatasi deputati vazirlikka so‘rov jo‘natdi
12:03 / 24.03.2026