Samarqandda 1,5 yoshli qizcha 10-qavatdan tushib ketib, halok bo‘ldi
Qizcha ochiq qoldirilgan eshikdan tashqariga chiqqan va yo‘lakdagi balkonda o‘rnatilgan beton panjara orasidan pastga tushib ketgan.
Samarqand shahar «Qorasuv» maskanida 1,5 yoshli qiz 10-qavatdan tushib ketib, voqea joyida halok bo‘ldi. Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, voqea 9 iyun kuni soat 18:00larda ro‘y yergan.
81-uyda joylashgan 28-xonadon egasi A.K.ning voyaga yetmagan farzandi, 2020 yil noyabrda tug‘ilgan Sh.S. ochiq qolgan eshikdan tashqaridagi yo‘lakchaga chiqib ketgan. So‘ng u yerdagi balkonning temir panjarasi orasidan pastga yiqilib tushib, og‘ir tan jarohatlari olgan va voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik D.Sultonov, Samarqand shahar prokurori o‘rinbosari A.To‘ychiyev, shahar prokuraturasi tergovchisi F.Narzullayev boshchiligida tezkor-tergov guruhi tuzilib, hodisa sodir bo‘lgan joy va marhumning tanasi mutaxassis ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Marhumning jarohatlari va o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlash qarori chiqarilgan. Ammo uning oila a’zolari holat yuzasidan biror kimdan da’vo shikoyatlari yo‘qligi sababli ekspertiza tekshiruvi o‘tkazishni rad etgan. Holat xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib, bolaning murdasi oila a’zolariga topshirilgan.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024