Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Benfika» Darvin Nunes «Liverpul»ga o‘tganini e’lon qildi
«Benfika» klubi jamoa hujumchisi Darvin Nunes klubni tark etishini e’lon qildi.
Foto: Getty Images
Portugal klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, urugvaylik 22 yoshli hujumchi transferi borasida «Liverpul» bilan kelishuvga erishilgan. Nunes transferi uchun «Liverpul» «Benfika» hisob raqamiga 75 million yevro o‘tkazadigan bo‘ldi. Shuningdek, yana 25 million yevro bonus sifatida to‘lab berilishi mumkin.

Avvalroq, Darvin «Liverpul» bilan 2028 yilga qadar 6 yillik shartnoma imzolashi haqida xabar qilingan edi. Hujumchiga «MYu» klubi ham jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.
Ma’lumot uchun, urugvaylik 22 yoshli hujumchi yakunlangan mavsumda Portugaliya chempionatida 28 o‘yinda 26ta gol, YeChLda esa 10 uchrashuvda 6ta gol, Yevropa ligasida esa 7 bahsda 5ta golga mualliflik qilgan.
Mavzuga oid
14:34 / 14.12.2025
Saloh qaytdi va rekord o‘rnatdi, «Arsenal» va «Barsa»da qiyin g‘alaba
23:35 / 11.12.2025
Saloh «yorildi»: muammo nimada?
20:53 / 09.12.2025
Salohning demarshi. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
19:26 / 07.12.2025