Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bekobodda 356 ming dollarning Tojikistonga noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘yildi
Davlat xavfsizlik xizmati 356 ming AQSh dollarini Tojikistonga noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘ydi. Bu haqda DXX xabarida aytilgan.
Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi va Chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, Bekobod shahridagi “Kazarma” soddalashtirilgan o‘tish punkti orqali ko‘p miqdordagi valuta qimmatliklarini qo‘shni davlatga noqonuniy olib chiqib ketishga uringan 2 nafar fuqaro ushlandi.
Shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan vaqtlarida Bekobod shahrida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan ayolning yonida 166 ming AQSh dollari va uning sherigi, 1994 yilda tug‘ilgan ayolning yonida esa 190 ming AQSh dollari, jami 356 ming AQSh dollari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Aniqlanishicha, ular tojikistonlik shaxs iltimosiga ko‘ra xorijiy valutani Bekobod shahrida noma’lum shaxslardan olib, o‘z kiyimlariga yashirgan holda, ma’lum bir xizmat haqi evaziga Tojikistonga olib chiqib ketayotgan bo‘lgan.
Hozirda mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksi tegishli moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ushbu valuta qimmatliklari haqiqiy egalari shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
18:19 / 13.07.2026
Bekobodda yangi sohil, muzey va bog‘: prezident amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi
14:36 / 13.07.2026
Mamlakatda 1,5 mlrd tonna temir ruda zaxirasi mavjud – prezident
11:13 / 13.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Bekobodga elektropoyezdda bordi
09:08 / 13.07.2026