Prezident Şavkat Mirziyoyev qora metallurgiya sanoatini yangi bosqiçga olib çiqiş böyiça ustuvor vazifalar yuzasidan yiğiliş ötkazmoqda.
Davlat rahbari qora metallurgiya quriliş, quriliş materiallari, avtomobilsozlik, maşinasozlik, energetika va elektrotexnika kabi jami 50 milliard dollarlik iqtisodiyot tarmoqlari uçun asosiy xomaşyo manbalaridan biri ekanini ta’kidladi.
Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion ösiş modeliga ötkazib, yalpi içki mahsulotni 2030 yilda 240 milliard dollarga yetkaziş uçun yiliga kamida 8-9 foizli ösişni ta’minlaş zarurligi qayd etildi.
Şu bilan birga, sohada importga qaramlik, tannarx va energiya sarfining yuqoriligi, raqamlaştiriş va sun’iy intellektni joriy qiliş böyiça natijalar yetarli emasligi körsatib ötildi.
Ayniqsa, jahondagi ziddiyatlar va asosiy transport yölaklaridagi logistika muammolari şaroitida qora metallurgiyada xomaşyo bazasini mustahkamlaş, mahsulot turi va sifatini oşiriş har qaçongidan ham dolzarb ekani ta’kidlandi.
Sönggi ön yilda mamlakatimizda pölat list, navli prokat, quvurlar va metall konstruksiyalarga ehtiyoj 3 karra ortib, 5,5 million tonnaga yetdi.
Yangi qurilayotgan atom elektr stansiyasi, Törtinçi mis boyitiş fabrikasi va yangi mis eritiş zavodining öziga 2,5 million tonnaga yaqin pölat list va armatura kerak böladi.
Kelgusi beş yilda 180 milliard dollarlik yangi quvvatlar işga tuşiriladi, 27 milliard dollarlik infratuzilma loyihalari amalga oşirilib, 800 ming xonadonli köp qavatli uy-joylar barpo etiladi.
Natijada metall mahsulotlariga yillik ehtiyoj 2030 yilgaça 1,5 barobar köpayib, 8 million tonnadan ortadi.
Davlat rahbari mutasaddilarga uşbu ehtiyoj qaysi quvvatlar hisobidan ta’minlanişi yuzasidan aniq hisob-kitoblar bölişi zarurligini körsatib ötdi.
Bugungi kunda Bekobod metallurgiya kombinati metall prokatning 40 foizini ikkilamçi metalldan, 60 foizini import hisobidan işlab çiqarmoqda.
Respublika böyiça har yili 700 ming tonna qora metallolom kombinatga topşirilayotgan bölsa-da, yana 500 ming tonna metallolom xufiyona aylanmada qolmoqda.



















