Taşrif doirasida davlat rahbari mamlakatning yirik sanoat korxonalaridan biri hisoblangan Özbekiston metallurgiya kombinatida işlab çiqariş jarayonlari, modernizatsiya işlari va amalga oşirilayotgan yangi loyihalarning borişi bilan tanişişi rejalaştirilgan.

Şuningdek, prezident raisligida mamlakatda qora metallurgiya sanoatini yanada rivojlantiriş, tarmoqning raqobatbardoşligini oşiriş, işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş va sohaga investitsiyalarni jalb etiş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkaziladi.

Yiğilişda tarmoqni modernizatsiya qiliş, mahalliylaştiriş darajasini oşiriş, yuqori qöşimça qiymatli mahsulotlar işlab çiqarişni köpaytiriş hamda qora metallurgiya sanoatining kelgusi rivojlaniş istiqbollari muhokama qilinişi kutilmoqda.