Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kubada 2021 yilgi namoyishda qatnashganlar 25 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi
Kuba sudi tomonidan 2021 yildagi ommaviy norozilik namoyishlariga undaganlikda ayblangan 36 kishi 5 yildan 25 yilgacha bo‘lgan qamoq jazosiga hukm qilindi.
Kubadagi ommaviy norozilik namoyishlaridan 11 oy o‘tib, ularning 381 ishtirokchisiga sud hukmi chiqarildi. Mamlakat bosh prokuraturasining 13 iyun, dushanba kuni bergan ma’lumotiga ko‘ra, 297 kishi qamoq jazosiga hukm qilingan, ommaviy tartibsizliklarga undashda aybdor deb topilgan 36 kishiga nisbatan qamoq muddati 5 yildan 25 yilgacha bo‘ladi.
Namoyishchilarga qo‘yilgan boshqa ayblar qatorida qo‘poruvchilik, talonchilik, tan jarohati yetkazish, hokimiyatga hurmatsizlik va jamoat tartibsizliklarida qatnashish bor. Shuningdek, 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 16 nafar o‘smir ham sudlandi. Ularning bir nafaridan boshqa hammasi jamoat ishlari kabi muqobil jazoga hukm qilingan.
2021 yil 11 iyulda Kubada sotsialistik hukumatga qarshi kutilmagan norozilik namoyishlari boshlandi, bu so‘nggi o‘n yilliklardagi eng kattasi bo‘ldi. Ko‘plab shaharlarda ishtirokchilar vaksinalardan teng foydalanishni talab qilib, noto‘g‘ri boshqaruv va hukumatning koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash siyosatiga qarshi norozilik bildirishdi. Faollarga ko‘ra, bu namoyishlar natijasida 1400 ga yaqin odam qo‘lga olingan.
Mart oyida oliy sud 127 kishini tartibsizliklarga undash va o‘g‘irlikda ayblab, 6 yildan 30 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilgan edi. Yevropa ittifoqi Kuba hukumatini «barcha siyosiy mahbuslar va faqat tinch yig‘ilish hamda so‘z erkinligi huquqidan foydalangani uchun hibsda saqlanayotgan shaxslarni ozod qilishga» chaqirdi.
Mavzuga oid
20:15 / 19.06.2026
Kuba parlamenti 65 yil ichidagi eng yirik iqtisodiy xususiylashtirishni ma’qulladi
10:10 / 12.06.2026
Kubaning energetika sohasi AQSh sanksiyalari nishoniga aylandi
22:15 / 05.06.2026
Tramp Eron masalasi «hal bo‘lgach» Kubadagi rejimni o‘zgartirish rejasini e’lon qildi
08:38 / 05.06.2026