Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaga 1,2 mlrd dollarlik yordam paketi ajratdi
Ukrainaga 1 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ hamda gumanitar yordam uchun 225 mln dollar beriladi.
Foto: AP
AQSh Ukrainaga xavfsizlik sohasida yordam berish uchun qo‘shimcha ravishda yana 1 mlrd dollar taqdim etadi. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Baydenning bayonotida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, AQSh Ukrainaga artilleriya qurilmalari va sohil mudofaasi tizimlari, artilleriya uchun o‘q-dorilar va ilg‘or raketa tizimlarini yetkazib beradi.
Bundan tashqari, aholini ichimlik suvi, muhim dori-darmonlar va oziq-ovqat bilan ta’minlash, boshpanalar qurish uchun 225 mln dollar beradi.
BMTning ma’lumot berishicha, 24 fevraldan buyon tinch aholi orasidan 4452 nafar kishi halok bo‘lgan, 5531 nafar kishi yaralangan. Qayd etilishicha, tinch aholi orasidan qurbonlar soni bundan ko‘proq, ammo ma’lumotlar kechikib yetkazilmoqda va tekshirishni talab qiladi.
Ukrainalik qochqinlar soni 5 mln nafardan oshgan. Rossiyada qariyb 1,2 mln qochqin, Polshada 1,17 mln qochqin ro‘yxatga olingan.
Avvalroq Bloomberg agentligi AQSh Ukrainaga "Harpun" raketalarini yetkazib berishni rejalashtirgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
19:21 / 06.05.2026
“Nojo‘ya ta’sirlari haqida yetarlicha ogohlantirishmagan” - AQShda “ozdiruvchi vositalar” ustidan shikoyatlar ko‘paydi
09:52 / 06.05.2026