Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Investitsiya loyihalari infratuzilmasi xarajatlari qoplab beriladi
Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy va mahalliy investorlar investitsiya loyihalari tashqi infratuzilmasini yaratish xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.
Norma’ning xabar berishicha, hujjat bilan Xorijiy va mahalliy investorlar qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan investitsiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Qaror investitsiya loyihasi tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlanishini iqtisodiy-moliyaviy samaradorligini baholash bo‘yicha ishchi guruhi namunaviy tarkibini belgilaydi.
Ishchi guruhlar asosiy vazifalari:
- investitsiya loyihasi bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish, tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlanishi iqtisodiy-moliyaviy samaradorligini baholash va uni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha tegishli xulosa tayyorlash;
- markazlashgan tarmoqlarga ulanishda eng optimal variantni tanlash;
- investitsiya loyihasining tashqi infratuzilma xarajatlari uchun talab etiladigan mablag‘larning dastlabki hisob-kitoblarini amalga oshirish.
Qaror bilan quyidagilar belgilandi:
- Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hududiy boshqarmalari ishchi guruhlar ishchi organi hisoblanadi;
- investitsiya loyihalarini yer maydonlariga optimal joylashtirish va maqsadga muvofiqligini belgilash, markazlashgan infratuzilma tarmoqlariga ulanishda optimal hududni tanlash hamda tashqi infratuzilma xarajatlari imkon qadar kam xarajatlar orqali amalga oshirilishini ta’minlash ishchi guruhlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Mavzuga oid
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
11:55 / 12.06.2026
Namanganda “chempion” tadbirkorlar va yirik investitsiya loyihalari qo‘llab-quvvatlanadi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
19:52 / 09.06.2026