19:58 / 15.06.2022
13077

SoftPOS mobil terminal xizmati: to‘lovlarni smartfonning o‘zidan qabul qiling

Foto: «Ipak Yo‘li» banki

Bir necha oy ilgari «Ipak Yo‘li» banki tadbirkorlarning ishini osonlashtirish maqsadida to‘lovlarni smartfonning o‘zidan qabul qilish imkonini beruvchi SoftPOS mobil terminal xizmatini ishga tushirdi. Ta’kidlash kerakki, bu yangilik foydalanuvchilar tomonidan ijobiy qarshi olindi va bugungi kunda to‘lovlarni aynan shu xizmat orqali qabul qilayotgan mijozlar soni ortib bormoqda

Foto: «Ipak Yo‘li» banki

MARTA negizida ishlab chiqilgan SoftPOS texnologiyasi yordamida har qanday smartfon HUMO kontaksiz kartalaridan to‘lov qabul qila oladi.

Buning qator afzalliklari bor. Jumladan:

  • Qo‘shimcha qurilmaga zarurat yo‘qligi;
  • Hisob-kitoblar tez va oson amalga oshirilishi;
  • Xavfsizlik;
  • Bepul ulanish.

Ulanish uchun bank bilan qo‘shilish shartnomasini tuzish va xizmatni rasmiylashtirish uchun ariza qoldirish kifoya.

Shundan keyin bank SMS orqali ilovani yuklab olish uchun havola hamda avtorizatsiya kodini yuboradi, so‘ng to‘lovlarni qabul qila boshlash mumkin.

Batafsil ma’lumot: ipakyulibank.uz/news/2022-04-06-tadbirkorlar-uchun-mobil-terminal

Reklama huquqi asosida

Top