O‘zbekiston | 08:34 / 16.06.2022
12617
2 daqiqa o‘qiladi

Oliy ta’limga o‘qishga kirishda xotin-qizlarga qo‘shimcha 2 mingta davlat granti ajratiladi 

Foto: Kun.uz

“Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

“Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 1 000 ta o‘rin ajratib boriladi. 

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomasini olgan, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun 2022/2023 o‘quv yilidan bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qo‘shimcha 2 000 ta davlat granti ajratiladi. Bunda:

  • tavsiyanomaga ega xotin-qizlar uchun davlat granti asosida ajratiladigan qabul parametrlari kamida 50 foizi aniq va tabiiy fanlar, texnika va tibbiyot yo‘nalishlari orasida taqsimlanadi;
  • har yili 20 iyulgacha tavsiyanomaga ega xotin-qizlar uchun davlat granti o‘rinlari OTM va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saytida e’lon qilinadi.

Quyidagilar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi:

2021/2022 o‘quv yilida davlat OTM magistraturasiga talabalikka qabul qilinib, to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlar 2022/2023 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori;

2022/2023 o‘quv yilidan davlat OTM magistraturasiga ajratilgan qabul parametrlari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan xotin-qizlar to‘lov-kontrakt miqdori.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid