O‘zbekiston | 11:24 / 16.06.2022
11141
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda yuk mashinasi va Nexia-1 ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda yo‘lovchi vafot etdi

Chorrahadan qayrilib olayotgan Nexia-1 mashinasiga ro‘paradan kelayotgan “Zil-130” yuk mashinasi old qismi bilan urilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 16 iyun kuni soat taxminan 5:30larda Qarshi shahar aylanma yo‘lida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Haydovchi A.S. Nexia-1 mashinasi bilan Qarshi shahar aylanma yo‘li orqali Nishon tumanidan Samarqand viloyati tomonga harakatlanayotganda “Bog‘obod” MFY hududidagi chorrahadan qayrilib olayotganida qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan haydovchi A.T. boshqaruvida bo‘lgan “Zil-130” yuk mashinasi old qismi bilan unga urilgan.

Oqibatda Nexia-1 salonida yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqaro N.O‘. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan, jabrlanuvchi vafot etgan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Samarqandda Damas urib yuborgan 9 yoshli maktab o‘quvchisi vafot etgandi.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid