Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya neft uchun to‘lovlarni rublga o‘tkazmasligini ma’lum qildi
Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novakning so‘zlariga ko‘ra, neft bozorida bunday mexanizmni joriy etish qiyin.
Foto: Vedomosti
Rossiya hukumati neft uchun to‘lovlarni ham gaz uchun bo‘lgani kabi rublga o‘tkazishni rejalashtirmagan. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak ma’lum qildi.
"Bizda gaz sohasida eksportyor bitta, neft sohasida esa eksportyorlar ko‘p. Neft bozori ancha liberallashgan, shu bois bunday mexanizmni joriy etish ancha qiyin", - dedi u.
Uning fikricha, 2022 yil oxiriga borib, bir barrel neft narxi 150 dollardan oshishi mumkin.
“Yil oxiriga borib bir barrel neft 150 dollar, balki undan ham qimmatroq bo‘lishi mumkin. Hammasi Yevropadagi logistika qanday tashkillashtirilishiga bog‘liq”, — dedi Novak.
16 iyun holatiga Brent rusumidagi neftning bir barreli narxi 118 dollarni tashkil etmoqda.
Mart oxirlarida Rossiya prezidenti Vladimir Putin “nodo‘st” mamlakatlar bilan gaz savdosini rublda amalga oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Farmonga ko‘ra, bu davlatlar Rossiyadan olingan gaz uchun rublda pul to‘lashi kerak.
Mavzuga oid
09:49
FT: Rossiya sulhni buzsa, g‘arb 72 soatda harbiy javob berishni ko‘zlamoqda
09:34
Ukraina Rossiya zarbalaridan so‘ng muzokaralardagi pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqadi
09:11
Rossiya Zaporijjyaga yana hujum qildi: 18 yoshli ikki fuqaro halok bo‘ldi
21:43 / 03.02.2026