Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyaga Rossiya gazi yetkazilishi to‘xtadi
Italiyaning Eni neft-gaz kompaniyasi ham Rossiya gazini yetkazib berish hajmi kamayganini bildirdi.
Fransiya quvur orqali Rossiya gazini olmayapti, deb ma’lum qildi GRTgaz operatori.
Ma’lumot berilishicha, 15 iyundan buyon Fransiyaga Germaniya orqali gaz yetkazib berilmayapti.
GRTgaz fransuz iste’molchilari qiyinchiliklarga duch kelmasligiga ishontirmoqda. Mamlakatda gaz omborlarini to‘ldirish davom etmoqda.
Shuningdek, Italiyaning Eni neft-gaz kompaniyasi ham Rossiya gazini yetkazib berish hajmi kamayganini bildirdi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, "Gazprom" buyurtmaning yarmini yetkazib berishni va’da qilgan.
Avvalroq Germaniya, Chexiya va Avstriya Rossiyadan gaz yetkazilishi kamayganini ma’lum qilgandi.
"Gazprom"ning izoh berishicha, gaz yetkazish hajmining kamayishiga Siemens konserni butlovchi jihozlarni o‘z vaqtida yetkazib bermaganligi natijasida kompressor stansiyalarida ta’mirlash ishlari cho‘zilib ketgani sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:50 / 22.06.2026
Rossiyada 8 yoshli qahramon Xizir Derbichevning jasadi topildi
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
09:32 / 20.06.2026