Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi xorijlik yollanma askarlar sonini ma’lum qildi. Ular orasida o‘zbekistonlik ham bor
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi xorijlik yollanma askarlar soni haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Ro‘yxatda bir nafar O‘zbekiston fuqarosi bor - gap Shavkat Muhammad haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.
«Bizning ma’lumotlar bazamiz nafaqat Ukraina bo‘linmalari tarkibida jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etgan yollanma askarlarni o‘z ichiga oladi. Biz Ukrainaga yetkazib berilgan g‘arb qurollarini tayyorlash, ishlatish va ta’mirlashda yordam berish uchun kelgan instruktorlarni ham hisobga olamiz. Hammasi bo‘lib, 2022 yil 17 iyun holatiga ko‘ra bizning ro‘yxatlarimizga 64 mamlakatdan yollanma askarlar va qurol bo‘yicha mutaxassislar kiritilgan. Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Ukrainaga 6956 kishi yetib keldi, 1956 kishi halok bo‘ldi, 1779 kishi esa chiqib ketdi», — deya izoh berdi Rossiya Mudofaa vazirligi statistikaga.
Yollanma askarlar ro‘yxatida bir nafar o‘zbekistonlik ham qayd etilgan.
Avvalroq BBC o‘zbek xizmati jangchi Shavkat Muhammad bilan bir necha bor suhbatlashgandi. U O‘zbekistondan.
U 39 yoshda, Ukrainaga 2012 yilda kelgan. Joriy yilning mart oyida u BBC bilan suhbatda Rossiya qo‘shinlariga qarshi jang qilish va Ukrainani himoya qilish niyatida ekanini aytgandi.
O‘shanda u ham Ukrainada yollanma askarlar ko‘pligini, lekin ular orasida boshqa o‘zbeklarni ko‘rmaganligini bildirgan.
Mavzuga oid
11:35 / 21.06.2026
Kapotnyadagi zavodga zarba oqibatlari. Kosmosdan ko‘rinish
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026