Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Xitoyni Sharqiy Xitoy dengizidagi resurslarni yakka tartibda o‘zlashtirishda aybladi
Qayd etilishicha, Xitoy hudud suvlarida hamkorlik qilish to‘g‘risida 2008 yilda imzolangan kelishuvga qaramasdan, yakka holda faoliyat olib bormoqda.
Yaponiya hukumati Xitoyga Sharqiy Xitoy dengizidagi tabiiy resurslarni yakka tartibda o‘zlashtirgani sababli norozilik bildirdi.
"Xitoy iqtisodiy manfaatlar hududi chegarasining g‘arbiy tomonidan joylashgan hududda yakka tartibda faoliyat olib borayotgani juda achinarli", - deyiladi Yaponiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Qayd etilishicha, Xitoy hudud suvlarida hamkorlik qilish to‘g‘risida 2008 yilda imzolangan kelishuvga qaramasdan, yakka holda faoliyat olib bormoqda.
"Asaxi" nashrining yozishicha, Sharqiy Xitoy dengizida Yaponiya va Xitoy o‘rtasida rasman belgilangan chegara yo‘q. Xitoy Tokio chegara deb hisoblaydigan chiziq g‘arbidagi gaz konlarida o‘ndan ortiq burg‘ulash platformalarini o‘rnatgan.
Xitoy va Yaponiya o‘rtasidagi kelishmovchiliklar Sharqiy Xitoy dengizida gaz konlari ochilganidan so‘ng boshlangan.
Mavzuga oid
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026