Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:20 / 23.06.2022
14384
1 daqiqa o‘qiladi
Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul uzaytirildi
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga hujjatlar qabuli 30 iyunga qadar uzaytirildi.
Foto: Kun.uz
Prezident ta’lim muassasalari agentligi xabariga ko‘ra, hujjatlar ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinmoqda.
Ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:
- tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
- 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
- baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
- pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).
- Qabul faqatgina yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar uchun davom etadi. Prezident maktablari hamda ijod maktablariga o‘qishga hujjatlar qabuli yakunlandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
10:17 / 10.07.2026
Ikkinchi oliy ta’lim uchun onlayn qabul boshlandi
09:27 / 06.07.2026
Texnikum bitiruvchilari uchun 2-kursdan o‘qishga qabul boshlandi
21:33 / 21.06.2026
OTMlarga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 432 805 nafardan oshdi
08:53 / 08.06.2026