Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyevda nomusga tegishda ayblanayotgan rossiyalik harbiy ustidan birinchi sud boshlandi
Ukrainada Bogdanovkada tinch aholini o‘ldirish va zo‘rlashda ayblangan rossiyalik harbiy Mixail Romanov ustidan sud jarayoni boshlandi. Ayni paytda uning qayerda ekanligi noma’lum.
Foto: Picture Alliance
23 iyun, payshanba kuni Kiyevning Solomenskiy tuman sudida Bogdanovka qishlog‘ida yashovchi Aleksey Zdorovetsni o‘ldirishda va uning xotinini zo‘rlashda ayblanayotgan rossiyalik harbiy xizmatchi Mixail Romanov ishi bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rish jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda prokuratura vakillari, Zdorovetsning bevasi, jabrlanuvchi va ayblanuvchining advokatlari ishtirok etdi. Barcha ishtirokchilar jarayonni yopiq eshiklar ortida o‘tkazishni so‘rashdi, chunki ish jinsiy erkinlik va daxlsizlikka qarshi jinoyatga tegishli.
Ayblov tomoni, shuningdek, Romanovning o‘zini ham sudga chaqirishni talab qilgan. Prokuratura vakili Oksana Kalyusning tushuntirishicha, mahkama u kelmasligini tushunadi, ammo bu sud ishni ayblanuvchi ishtirokisiz qonuniy ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun zarur. Sudyalar prokuraturaning iltimosnomasini qanoatlantirib, tanaffus e’lon qildi.
Hozirda gumonlanuvchining qayerdaligi noma’lum. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u Rossiyada. Uchrashuvdan so‘ng Kalyus jurnalistlarga tergovchilar Romanovning janglarda o‘lgani ehtimoli haqida ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarni tekshirganini, ammo bunday ma’lumotni topmaganini aytdi.
Ijtimoiy tarmoqlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 31 yoshli Mixail Romanov Chelyabinsk oblastining Plast shahrida tug‘ilgan, rafiqasi va bolasi bilan Chebarkulda yashagan. Xuddi shu shaharda 90-tank diviziyasining bo‘linmalari joylashgan bo‘lib, uning polklaridan birida Romanov shartnoma asosida xizmat qilgan. Kiyevdan olib chiqilgach, diviziya Lugansk oblastida janglarni davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
22:43 / 08.01.2026
Iroq «Lukoyl»ning eng yirik xorijiy aktivini milliylashtiradi
19:07 / 08.01.2026
Britaniya va Fransiya tinchlik shartnomasidan keyin Ukrainaga 15 minggacha askar yuborishni rejalashtirmoqda
14:59 / 08.01.2026
Dniproda Rossiya dronlari hujumida yetti kishi jabrlandi
14:28 / 08.01.2026