Mariupolda boshlangan qurilishlar, Xarkivda portlamay qolgan yarim tonnalik bomba. Urush suratlari
Ukrainada urushning 120-kuni o‘tdi.
23 iyun kuni Ukrainaga Yevroittifoq a’zoligiga nomzod maqomi berildi. AQSh ushbu mamlakatga yana 450 million dollarlik harbiy yordam va’da qildi. RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya-Belarus havo hujumidan mudofaa tizimini zudlik bilan mustahkamlash zarurligini aytdi. Quyida urushning 120-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Kiyev oblasti
Irpen va Gostomelning bolalar jamoalari Gostomeldagi ko‘p qavatli uy binosi oldida urush davrida ilk bor o‘zaro o‘yin o‘tkazmoqda. Kiyev oblasti 2022 yil fevral va mart oylarida rossiyalik harbiylar tomonidan ishg‘ol etilgan va tinimsiz artilleriya zarbalari ostida qolgan. Shaharlar tinch aholisi orasida juda ko‘p qurbonlar bo‘lgan. Mart oyi oxirida rossiyalik harbiylar oblastni tark etishdi.
Boyarka shaharchasi aholisi Donetsk oblastining Toretsk shahrida halok bo‘lgan harbiy Oleksandr Adamovichni dafn etmoqda. So‘nggi hafta davomida Toretsk Rossiya tomonidan intensiv ravishda o‘qqa tutilayotgan shaharlardan biri bo‘lib turibdi.
Mariupol
Mir prospekti va Kuprin ko‘chasi kesishmasida Rossiya mudofaa vazirligi harbiy-qurilish kompleksi tomonidan olib borilayotgan qurilish. Bu yerda 12 ta besh qavatli uylar qurish rejalashtirilgan.
Chernihiv oblasti
Novoselovka qishlog‘i aholisi vakili mart oyida Rossiya tomonidan berilgan zarbalar chog‘ida vayron bo‘lgan uylarini tozalamoqda. Hozirda uning onasi issiqxonada yashaydi.
Novoselovka aholisi gumanitar yordam qabul qilmoqda. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi xabar qilishicha, Rossiya armiyasi iyun oyi boshida ushbu qishloq va unga tutash aholi punktlarini o‘qqa tutgandi.
Xarkiv
Saltovka rayonida ixtisoslashtirilgan brigada turar joy binosi tomidan portlamay qolgan va zararsizlantirilgan 500-kilogrammlik bombani tushirmoqda. Bomba bu uyga mart oyida kelib tushgan. 24 iyun kuni Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi Rossiya shaharga artilleriyadan zarba berishda davom etayotgani, shuningdek «diversiya-razvedka guruhlari faollashgani»ni qayd etdi.
Odessa
Odessa opera va balet teatri hovlisida qum to‘ldirilgan qoplar. 21 iyun kuni RF mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar Odessa hududida «Bayraktar-TB2» dronlari joylashtirilgan angar yakson etilgani to‘g‘risida xabar berdi. Volodimir Zelenskiy o‘sha kuni shunday dedi: «Rossiya bizning faolligimizni juda asabiy qabul qilmoqda. Yana Xarkiv, Odessa o‘qqa tutildi, yana — Donbassda yurish qilish uchun shafqatsizlarcha urinishlar amalga oshirildi. Bu faqat jang maydonida tinchitish mumkin bo‘lgan yovuzlikdir».
Mavzuga oid
14:17
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024
Rossiya «Rubej»ni ishga soldi. Bu raketa yadroviy kallakni ham olib ucha oladi
21:52 / 21.11.2024