«Bu hududlarni bosib olish dardi». Zelenskiy - Putinning betobligi haqidagi mish-mishlar haqida
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy NBC telekanaliga bergan intervyusida uni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning kasalligi to‘g‘risidagi mish-mishlar qiziqtirmasligini aytdi. «Ukrainskaya pravda» ushbu suhbatdan parchalar keltirgan.
«Men Putinga nimalar bo‘layotganidan bexabarman. Men hisoblaymanki, ular (rossiyaliklar) chindan ham ulkan dardga chalingan. Ammo bu menga siz (Putinning kasalligi haqida) aytayotgan gaplardan murakkabroq tuyuladi. Bu kasallik bizning xalqimizga hurmatga taalluqli, bu bosqinchilik dardi, ular bizning yerimizda sodir etayotgan qiynoqlarga oid kasallik. Menimcha, bu murakkab vaziyat va bu kasallik birgina odamniki emas», degan u.
Ukraina prezidenti hisoblashicha, RF prezidenti atrofidagi ko‘plab kishilar «quruq ambitsiyalar, xalqaro huquqni tushunmaslik va hurmat qilmaslik, oddiy odamlar hayotiga hurmatsizlik dardiga chalingan».
Intervyuda Zelenskiy urushuvchi tomonlarning yo‘qotishlari borasida ham to‘xtalgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina katta yo‘qotishlarga uchragan, biroq Rossiyaning yo‘qotishlari yanada ko‘proq.
«Biz bir kishini yo‘qotgan joyimizda, Rossiya besh kishini yo‘qotgan. Biz bir tank yo‘qotganimizda — ular beshtasini yo‘qotgan. Biz mana shunday kurashyapmiz. Ammo adolat uchun aytish lozimki, bizga chindan qiyin bo‘lmoqda. Chunki bizning bir tankimizga qarshi ularda 10 tank bor, bizning bir jangchimizga qarshi — ularda 10 harbiy. Va biz qanchalar kuchli bo‘lmaylik, ular son jihatdan o‘n barobar ko‘proq. Biz juda qiynalyapmiz, ammo bardosh beramiz», degan Zelenskiy.
- So‘nggi oylarda Vladimir Putin kasal bo‘lishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgandi. Aprel oyida «Proyekt» nashri Putinga safarlarda shifokorlar brigadasi, jumladan onkologik kasalliklar va qalqonsimon bez muammolari bo‘yicha mutaxassislar hamrohlik qilishi haqida yozgan. 2022 yil may oyida RF prezidenti bilan shaxsan ishlagan rejissyor Oliver Stoun ochiqchasiga Putin saratonga chalingan bo‘lishi mumkinligini aytdi.
- Iyun oyida Newsweek AQSh razvedkasiga asoslangan holda aprelda Putin saraton kasalligidan davolanish kursini o‘tagani haqida yozib chiqdi. O‘z navbatida Paris Match surishtiruvida RF Federal qo‘riqlash xizmati xodimlari xorijiy safarlarda rossiyaliklar prezidentining sog‘ligi haqidagi ma’lumotlar oshkor bo‘lmasligi uchun uning najasi va siydigini yig‘ib yurishi haqida aytiladi.
- RF TIV rahbari Sergey Lavrov may oyi oxirida «aqli raso kishilar» Putinda «qandaydir xastalik yoki darmonsizlik belgilari»ni ko‘rmasligini aytdi.
Mavzuga oid
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
18:53 / 13.11.2024