Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy saylov komissiyasi referendumga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi
Markaziy saylov komissiyasi kecha, 28 iyun kuni bo‘lib o‘tgan majlisida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi referendumga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildi.
Majlisda referendum o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasi loyihasi muhokama etilgan. Unga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi kotibiyatini yuqori malakali ekspertlar bilan birgalikda seminar-treninglarning o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini ishlab chiqish vazifasi belgilandi.
MSK matbuot xizmatiga ko‘ra, majlisda tashkilot vakolatidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlament quyi palatasida birinchi o‘qishda qabul qilinib, jamoatchilik muhokamasi uchun chiqarilgan. Joriy yil 5 iyun kuni qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yakunlanadi.
Uchinchi bosqichda prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifi asosida - referendum o‘tkazilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
20:20 / 14.06.2026
Shveytsariyada referendum: mamlakat aholisi sonini cheklash taklifi rad etildi
12:03 / 24.03.2026
Italiyada sud tizimi islohoti referendumda rad etildi
09:30 / 16.03.2026
Ekzitpollar: Qozog‘iston yangi konstitutsiya qabul qilinishini qo‘llab-quvvatladi
00:34 / 16.03.2026