Oliy Majlis Qonunçilik palatasi “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasini e’lon qildi.

Loyihada asosiy qonunning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq özgartişlar kiritiş hamda 16 ta normani öz içiga olgan 6 ta yangi modda (prim-moddalar) qöşiş taklif etilmoqda.

Kun.uz öz öquvçilariga qulay bölişi uçun 20 betdan iborat qonun loyihasini yuridik qolipdan soddaroq formatga ötkazib, zarur holatlarda amaldagi Konstitutsiya bilan taqqoslagan holda e’lon qilmoqda.

Ta’kidlaş lozim, qonun loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamalari portali – regulation.gov.uz saytida emas, Meningkonstitutsiyam.uz saytida pdf formatda e’lon qilindi. Bu esa fuqarolarda loyihaga moddama-modda fikr bildiriş va onlayn muhokama ötkaziş imkoniyatini çeklaydi. Avvalroq Kun.uz barça NHH loyihalari jamoatçilik muhokamasini ötkaziş uçun majburiy tartibda regulation.gov.uz'ga joylanişi tartibi bekor qilingani haqida yozgandi.

1-moddadagi “Özbekiston – suveren demokratik respublika” jumlasini quyidagiça özgartiriş taklif etilmoqda:

  • Özbekiston – suveren respublika, huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy, demokratik davlat.

1-modda özgargaç, uni boşqa heç qaçon özgartirmaslik belgilanmoqda. Buning uçun 127-moddaga (bu moddada Konstitutsiyani özgartiriş prinsiplari yozilgan) quyidagiça ikkinçi qism qöşiladi:

  • Uşbu Konstitutsiya 1-moddasining va uşbu moddasi ikkinçi qismining qoidalari qayta körib çiqilişi mumkin emas.

13-modda kengaytirilib, unga xususan quyidagi qoidalar qöşilişi kutilyapti:

  • Insonga nisbatan huquqiy ta’sir çorasi davlat organi tomonidan közlanadigan qonuniy maqsadga erişiş uçun yetarli bölişi hamda manfaatdor şaxslarga imkon qadar qiyinçilik tuğdirmasligi kerak.