Jahon | 20:43 / 30.06.2022
7542
2 daqiqa o‘qiladi

BMT AQShni Erondan sanksiyalarni olib tashlashga chaqirdi 

O‘tgan haftada YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Eron va AQShning yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralarni boshlashi borasida kelishuvga erishgani xabar qilingandi. 

Foto: Reuters

BMT AQShni Erondan sanksiyalarni olib tashlashga chaqiradi, dedi BMT bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari DiKarlo. 

"Biz yana bir bor Qo‘shma Shtatlarni yadroviy kelishuvda ko‘zda tutilganidek, sanksiyalarni bekor qilishga yoki istisnolar kiritishga chaqiramiz", - dedi DiKarlo.

2015 yilda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh, Fransiya va Eron yadroviy kelishuv imzolagandi. Kelishuvga ko‘ra, Eron yadroviy dasturini cheklash evaziga unga qarshi kiritilgan sanksiyalar olib tashlanishi lozim edi. 2018 yilda AQShning o‘sha paytdagi prezidenti Donald Tramp yadroviy kelishuvdan chiqib ketdi va Eronga qarshi sanksiyalarni tikladi. 

Eron bunga javoban kelishuv doirasidagi majburiyatlarini bosqichma-bosqich kamaytirib borishini bildirdi.

O‘tgan haftada YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon bilan uchrashuvida AQSh bilan yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralarni yaqin kunlar ichida tiklash borasida kelishuvga erishganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga oid