Yevroittifoq Eron va AQŞning yadroviy kelişuv böyiça muzokaralarni tiklaşiga yordam beradi. Bu haqda YeIning taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi.
Borrelning qayd etişiça, u Eron taşqi işlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon bilan uçraşuvida AQŞ bilan yadroviy kelişuv böyiça muzokaralarni yaqin kunlar içida tiklaş borasida kelişuvga erişgan.
«Mening Tehronga taşrifimdan asosiy maqsad bitta – kelişuvlarga yangi turtki beriş va yadroviy kelişuvni kerakli oqimga qaytariş», — dedi Borrel.
22 iyun kuni Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Eron rahbariyati bilan muzokaralar ötkaziş uçun Tehronga borgandi.
U Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va taşqi işlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon bilan yadroviy kelişuv atrofidagi vaziyatni muhokama qildi.

















