Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina “DXR” va “LXR”ni tan olishga qaror qilgan Suriya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi
Ukraina shuningdek, Suriyaga nisbatan savdo embargosi hamda Suriya yuridik va jismoniy shaxslariga nisbatan sanksiyalar kiritish jarayonini boshlaydi.
Foto: Reuters
Ukraina tashqi ishlar vazirligi Suriya bilan diplomatik munosabatlar uzilishini ma’lum qildi, deb xabar berdi RBK.
Ushbu qaror Damashqning o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari suverenitetini tan olishiga javoban qabul qilindi.
Ma’lum qilinishicha, Ukraina shuningdek, Suriyaga nisbatan savdo embargosi hamda Suriya yuridik va jismoniy shaxslariga nisbatan sanksiyalar kiritish jarayonini boshlaydi.
Kiyev Damashqning qarorini qoraladi va bu nodo‘stona harakat, Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligiga nisbatan tajovuz deb baholanishini bildirdi.
Suriya “DXR” va “LXR” mustaqilligini tan olishga qaror qilgani haqida SANA agentligi va Suriya davlat televideniyesi 29 iyun kuni xabar bergandi.
21 fevral kuni Rossiya “DXR” va “LXR” mustaqilligini tan olgandi.
Mavzuga oid
09:48 / 14.04.2026
Madyar: Vengriya Ukraina uchun 90 mlrd yevroni bloklamaydi
09:01 / 14.04.2026
Rossiyadagi eng yirik fosforli o‘g‘it zavodi yana dronlar hujumiga uchradi
09:48 / 13.04.2026
Ukraina: Rossiya 12 aprel kuni 55 marta hujum qildi
09:38 / 11.04.2026