Jahon | 22:51 / 02.07.2022
12783
1 daqiqa o‘qiladi

Bayden Shvetsiya va Finlandiya NATOga qo‘shilishi to‘g‘risida Kongressga maktub yo‘lladi

Protseduraga muvofiq, Kongress alyansga yangi a’zolar qabul qilinishi to‘g‘risidagi qarorni ratifikatsiya qilishi kerak. 

Foto: AP

AQSh prezidenti Jo Bayden Kongressning qator qo‘mitalariga Shvetsiya va Finlandiya NATOga qo‘shilishi to‘g‘risida maktub yo‘lladi.

«Men Shvetsiya Qirolligining Shimoliy Atlantika shartnoma tashkilotiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etdim», — deyiladi Oq uy saytida berilgan xabarda.

Kongressning qator qo‘mitalariga Finlandiyaning NATOga qo‘shilishi to‘g‘risida ham xuddi shunday maktub taqdim etilgan.

Protseduraga muvofiq, Kongress alyansga yangi a’zolar qabul qilinishi to‘g‘risidagi qarorni ratifikatsiya qilishi kerak.

29 iyun kuni NATO mamlakatlari yetakchilari Shvetsiya va Finlandiyani alyansga qo‘shilishga rasman taklif qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid