Jahon | 19:53 / 02.07.2022
16991
2 daqiqa o‘qiladi

Polsha Ikkinchi jahon urushida yetkazilgan zarar uchun Germaniyadan tovon puli undirmoqchi 

Yaroslav Kachinskiyning so‘zlariga ko‘ra, tovon puli mavzusini unutib bo‘lmaydi.

Foto: TASS

Polsha Ikkinchi jahon urushida yetkazilgan zarar uchun Germaniyadan tovon puli undirish masalasida to‘xtab qolmoqchi emas, dedi mamlakatdagi "Huquq va adolat" hukmron partiyasi rahbari Yaroslav Kachinskiy.

Bir necha yil avval Polshada Germaniya Ikkinchi jahon urushi davrida yetkazgan zarari uchun respublikaga tovon puli to‘lashi kerakligi masalasi ko‘tarilgandi.

Germaniya hukumati Polshaga hech qanday pul to‘lanmasligini bildirgan: Berlin yetarlicha tovon puli to‘langan deb hisoblamoqda va Polsha 1953 yilda tovon pulidan voz kechganini ta’kidlamoqda.

Kachinskiyning so‘zlariga ko‘ra, tovon puli mavzusini unutib bo‘lmaydi. 

"Biz o‘z manfaatlarimizni qat’iy himoya qilishimiz va shu bilan birga, uning aslida qandayligini bilishimiz shart. Masalan, agar biz Ukrainaga yordam berayotgan bo‘lsak, boshqa hech kim bizchalik yordam bermayapti, demak, biz Polsha manfaatlarini himoya qilyapmiz", - dedi u. 

Yaroslav Kachinskiy 2006-2007 yillarda Polsha bosh vaziri bo‘lgan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid