Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Xitoy bozorida Rossiya bilan raqobat qilish uchun neft narxini arzonlashtirdi
FGE kompaniyasi tahliliga ko‘ra, Urals nefti Eron neftini Xitoy bozoridan qisman siqib chiqargan.
Eron Xitoy bozorida Rossiya bilan raqobat qilish uchun neft narxini pasaytirishga majbur bo‘ldi, deb xabar berdi Bloomberg.
Ma’lumot berilishicha, Eron Brent rusumidagi neftning bir barreli uchun 10 dollar chegirma joriy etdi. Ukrainadagi «maxsus harbiy operatsiya» va Rossiya neftiga sanksiyalar kiritilishidan oldin chegirma 4-5 dollarga teng edi, deb yozadi agentlik.
Eronning arzonlashtirilgan nefti Rossiyaning Urals nefti bilan raqobat qilishi lozim, degan treyderlar.
May oyida Rossiyadan Xitoyga neft yetkazib berish bo‘yicha tarixiy rekord qayd etildi. FGE kompaniyasi tahliliga ko‘ra, Urals nefti Eron neftini Xitoy bozoridan qisman siqib chiqargan.
Bundan tashqari, may oyida Rossiyadan Xitoyga suyultirilgan gaz yetkazib berish hajmi 56 foizga o‘sgan.
Mavzuga oid
22:10 / 21.06.2026
Eron Tramp tahdidlaridan so‘ng muzokaralarni davom ettirishdan bosh tortdi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
22:39 / 19.06.2026