Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya so‘nggi 70 yil ichidagi eng kuchli qurg‘oqchilik iskanjasida qoldi. Mamlakat shimolida favqulodda vaziyat e’lon qilindi
Italiya shimolidagi beshta regionda oxirgi 70 yil ichidagi eng kuchli qurg‘oqchilik sababli favqulodda vaziyat rejimi e’lon qilindi.
Foto: EPA
Emiliya-Romanya, Friuli-Venetsiya-Juliya, Lombardiya, Piyemont va Veneto regionlari suv taqchilligiga qarshi kurashish uchun mamlakat favqulodda fondidan 36,5 mln yevro oladi.
Italiya qishloq xo‘jalik ittifoqi Coldiretti’ning hisob-kitoblariga ko‘ra, qurg‘oqchilik regiondagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 30 foizdan ortig‘ini yo‘q qilishi mumkin.
Bir nechta munitsipalitetlar suv o‘lchov bilan berilishini e’lon qildi.
Qurg‘oqchilikka qishda yog‘ingarchilikning kamligi va yozning o‘ta issiq kelishi sabab bo‘ldi.
"Mavjud holat favqulodda vaziyat rejimini joriy etishni talab qilardi", - deyiladi Italiya hukumatining bayonotida.
Barcha jabrlangan regionlar Po daryosi – Italiyaning uzunligi 650 kilometrdan ortiq bo‘lgan eng uzun daryosi atrofida joylashgan.
ANADOLU AGENCY VIA GETTY IMAGES
Po vodiysidagi fermerlar daryoning ayrim joylari qurib qolgani, ayrim qismlarida esa oqimga dengizning sho‘r suvi qo‘shilayotgani, bu esa ekinlar uchun halokatli ekanligini aytishmoqda.
Dushanba kuni Italiya bosh vaziri Mario Dragi yetti nafar alpinistning o‘limiga sabab bo‘lgan muz ko‘chkisi yuz bergan Dolomitga tashrif buyurdi. Falokat oqibatida to‘qqiz kishi jarohatlangan, 20ga yaqin odam bedarak yo‘qolgan.
Dragining fikricha, muzlik fojiasi va qurg‘oqchilik – global isish jarayonining bo‘g‘inlari hisoblanadi.
Mavzuga oid
13:29 / 13.02.2026
Olimpiada-1936 ramzi tushirilgan futbolka onlayn-do‘konda “tugab qoldi”
19:39 / 11.02.2026
Singapur Olimpiada g‘olibligi uchun to‘lovlar miqdori bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
22:11 / 09.02.2026
Sitsiliyadagi shahar ko‘chki tufayli jar yoqasiga kelib qoldi
08:36 / 07.02.2026