Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yapon gazetasi Si Jinping Putinning Rossiyaga tashrif buyurish to‘g‘risidagi taklifini rad etganini yozdi. Kreml bu xabarni rad etdi
Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putinda Xitoyga tashrif buyurish, Sida esa Rossiyaga tashrif buyurish to‘g‘risidagi taklif mavjud, biroq hozir Xitoyda «kovid cheklovlari davom etmoqda va bu mutlaqo normal holat».
Kreml Yaponiyaning «Yomiuri Simbun» gazetasida chop etilgan XXR raisi Si Jinping prezident Vladimir Putinning Rossiyaga tashrif buyurish to‘g‘risidagi taklifini rad etgani to‘g‘risidagi xabar haqiqatga mos kelmasligini bildirdi.
«Yo‘q, unday emas. Bu mutlaqo haqiqatga mos kelmaydi», — dedi Rossiya prezidenti Dmitriy Peskov jurnalistlarning bu boradagi savoliga javoban.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putinda Xitoyga tashrif buyurish, Sida esa Rossiyaga tashrif buyurish to‘g‘risidagi taklif mavjud, biroq hozir Xitoyda «kovid cheklovlari davom etmoqda va bu mutlaqo normal holat».
«Kovid cheklovlari yumshatilishi bilan bu tashriflar albatta amalga oshiriladi», — dedi Kreml vakili.
5 iyul kuni «Yoimuri Simbun» gazetasi diplomatik manbalarga tayanib, Putin 15 iyun kuni Si Jinping bilan suhbati chog‘ida uni Rossiyaga taklif qilgani, ammo XXR raisi koronavirus sababli buni yaqin vaqt ichida «amalga oshirish qiyin»ligini aytgani haqida xabar berdi. Gazetaning qayd etishicha, Sining Rossiyaga tashrifi «Xitoyning AQSh va Yevropa bilan nizosini yanada chuqurlashtirishi mumkin».
Si Jinping koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon Xitoydan chiqqani yo‘q. U Putin bilan oxirgi marta 2022 yil fevralda Pekin Olimpiadasi ochilishida uchrashgan.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026