Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Ukrainaga Fuchs bronetransportyorlarini yetkazib berish rejasidan voz kechdi
Avvalroq general Eberhard Tsorn Ukrainaga Fuchs bronetransportyorlarini berish imkoniyatini ko‘rmayotganini aytgandi.
Foto: imago
Germaniya o‘z xavfsizligi manfaatlaridan kelib chiqib, Kiyevga Fuchs bronetransportyorlarini yetkazib berish rejasidan voz kechdi. Bu haqda GFR mudofaa vaziri Kristine Lambrext ma’lum qildi.
"Biz Ukrainani imkonimiz boricha qo‘llab-quvvatlaymiz. Ammo Germaniyaning mudofaa salohiyatini ta’minlashimiz zarur", - dedi u.
"Shu bois, ayniqsa hozirgi paytda bundesver bosh inspektori Eberhard Tsornning harbiy tavsiyalarini rad etgan holda bundesverni talash mas’uliyatsizlik bo‘ladi", deb ta’kidladi Lambrext.
Avvalroq general Tsorn Ukrainaga Fuchs bronetransportyorlarini berish imkoniyatini ko‘rmayotganini aytgandi.
Shu bilan birga, XDS/XSS fraksiyasi bundestagdan Kiyevga 200 dona bronetransportyor berilishini ma’qullashini talab qilmoqchi.
Kristine Lambrext 28 iyun kuni Germaniya Ukrainaga uch dona Panzerhaubitze o‘ziyurar artilleriya qurilmalarini berishini ma’lum qilgandi. Bunga qadar Kiyev Berlindan yetti dona ana shunday 155-millimetrli gaubitsalarni qabul qilgan.
Mavzuga oid
07:55
Ukraina Moskvadagi parad paytida Qizil maydonga zarba bermaydi
07:43
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
20:44 / 08.05.2026
Ukraina «sulh»ning birinchi kunida Rossiya bo‘ylab yuzlab dron uchirdi
18:10 / 08.05.2026