Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya elchisi Ukraina tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi
Rossiya bayrog‘i ostida Ukraina g‘allasini tashishda gumon qilingan «Jibek Joli» kemasi bilan bog‘liq vaziyat sababli Turkiyaning Kiyevdagi elchisi Ukraina tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi.
Foto: Valentin Ogirenko / Reuters
Iyul boshida Ukraina tashqi ishlar vazirligi Turkiya hukumati Ukraina tomonining talabi bilan kemani ushlaganini ma’lum qilgandi. Ukraina bosh prokuraturasi kema noqonuniy ravishda Ukraina g‘allasini eksport qilgan deb hisoblamoqda.
Reuters manbasining ma’lumot berishicha, kemaga Berdyanskda 4,5 ming tonna g‘alla yuklangan. Ukraina prokuraturasi 7 ming tonna g‘alla yuklanganini bildirmoqda.
Biroq 6 iyul kuni Rossiya tashqi ishlar vazirligi Turkiya hukumati kemani ushlamaganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, «Jibek Joli» standart tekshiruv jarayonidan o‘tkazilgan.
Rossiya tomoni kema Ukraina g‘allasini tashiganini rad etdi. 7 iyul kuni kema Turkiyaning Qorasuv portini tark etishni rejalashtirayotgani xabar qilindi.
«Jibek Joli» Rossiya bayrog‘i ostida suzadi, u Qozog‘istonning KTZ Express Shipping kompaniyasiga tegishli.
Mavzuga oid
09:33
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik 4 maygacha uzaytirildi
14:06 / 26.01.2026
Politico: Rossiya Ukrainaga ZAES elektr energiyasini bo‘lishni taklif qildi
12:03 / 26.01.2026
Germaniyada Abu-Dabi uchrashuvi natijalariga shubha bilan qaraldi
10:37 / 26.01.2026