Jahon | 21:02 / 08.07.2022
13862
1 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi Rossiya va Ukraina mahsulotlarini jahon bozoriga qaytarishga chaqirdi

Guterrishning fikricha, Ukrainadagi vaziyat boshqa inqirozlarni kuchaytirmoqda va butun dunyoda ijtimoiy va iqtisodiy vayrongarchilik keltirib chiqarishi mumkin.  

Foto: AP

Ukraina va Rossiya mahsulotlarini, jumladan, Rossiyada ishlab chiqarilgan o‘g‘itlarni jahon bozoriga qaytarish kerak. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning G20 mamlakatlari tashqi ishlar vazirlariga murojaatida aytildi.  

«Ukraina oziq-ovqat mahsulotlari hamda Rossiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlar va o‘g‘itlar jahon bozoriga qaytarilishi kerak», — deyiladi murojaatda. 

Guterrishning fikricha, Ukrainadagi vaziyat boshqa inqirozlarni kuchaytirmoqda va butun dunyoda ijtimoiy va iqtisodiy vayrongarchilik keltirib chiqarishi mumkin. 

Uning ta’kidlashicha, mahsulotlar rekord darajada qimmatlashdi, o‘g‘itlar narxi ikki baravardan ortiqroqqa oshdi.

Guterrish 2022 yilda ko‘p joylarda ocharchilik yuzaga kelishi xavfi borligini aytdi. 2023 yilda vaziyat yanada yomonlashishi mumkin.

Mavzuga oid