«Tolibon»ning muammolari, döstlari va Özbekiston bilan aloqalari – Elçi bilan intervyu
|13:22 / 12.07.202220 52813 min
Kun.uz muxbiri ötgan oyda Kobulga safari davomida Özbekistonning Afğonistondagi elçisi Yodgorxöja Şodmonov bilan suhbatlaşdi. Intervyu davomida elçi «Tolibon» hukumati duç kelayotgan içki va taşqi muammolar, muzlatilgan pullari, korrupsiya va xalqaro hamjamiyatning şartlari, şuningdek, Özbekistonning Afğonistondagi loyihalari va ikki davlat munosabatlariga doir köplab mavzularda fikr bildirdi.
Foto: Kun.uz
— Avvalambor, assalomu alaykum, Yodgor aka! Sizning elçilik faoliyatingiz davomida Afğonistonda hokimiyat tepasiga toliblar kelişdi. Siz ikkala hukumatni şaxsan körgan va ular bilan aloqada bölgan şaxs sifatida bugun qanday özgarişlarni ayta olasiz?
— Hozir Afğonistondagi vaziyatni baholaşning omillari juda köp, xabaringiz bor, bu mamlakat köp yillardan beri Janubiy Osiyo mintaqasidagi notinç davlatlardan biri bölib kelgan. 2021 yilning fevral-mart oylaridan boşlab rasmiy hukumat va «Tolibon» harakati örtasidagi qarama-qarşilik çöqqisiga çiqa boşladi. May oylaridan «Tolibon» kunma-kun köplab qişloq va şaharlarni egallab bordi, 15 avgust kuni poytaxt Kobulni taslim qilib, öz hukumatini örnatdi.
Şundan keyin qiyinçiliklar boşlandi, xalqda qörquv bor edi. Buni odamlarning samolyotlarga tirmaşib qoçib ketişga urinişida ham kördik. Afğonistonni yuqori malakali mutaxassislar tark etişi ham davlat uçun negativ zarba böldi.
Bundan taşqari, AQŞ qöşinlari Afğonistonni tark etgaç uning xorijdagi 9,4 milliard dollar mablağlari muzlatib qöyildi. Bu mamlakatni iqtisodiy rivojlantiriş yölida ikkinçi negativ zarba böldi. Davlat taşkilotlari xodimlari ham bankdan öz maoşlarini ololmay qoldi. Nafaqat davlat taşkilotlari, balki oddiy fuqarolar va tadbirkorlarning pullari muzlatib qöyilgan holatlar ham bor. Hanuz valuta taqçilligi tufayli tadbirkorlarga haftasiga 200 dollar, taşkilotlarga 25 ming dollardan ortiq pul berilmayapti. Muzlatilgan pullarning qaytarilmayotgani ijtimoiy hayotga ham salbiy ta’sir qilyapti.
Bundan taşqari, bugun Afğoniston budjetini içki tuşumlar hisobidan şakllantirişga majbur, vaholanki avvalgi hukumat davrida budjetning 60-70 foizi donor davlatlar bergan yordamlar evaziga şakllantirilgan edi. Hozir içki tuşumlar ham kamligi uçun hukumatning ayrim xarajatlari çeklangan.
Mavzuga oid
Şuni alohida qayd etib ötiş kerakki, davlatlar Afğoniston xalqini gumanitar böhrondan olib çiqiş uçun harakat qilmoqda. Xususan, Özbekiston şu kunga qadar 4 marta gumanitar yordam yubordi.
25 iyun kuni Özbekiston prezidentining maxsus vakili Ismatulla Ergaşev rahbarligidagi delegatsiya Afğonistonga insonparvarlik yordamini yetkazdi.
Bundan taşqari, mamlakatda ijtimoiy sohadagi muammolar ham mavjud. Fan-ta’lim, maktablarning keç oçilişi, katta yoşdagi qizlarning ta’limiga çeklovlar saqlanib qolmoqda.
BMT ma’lumotlariga köra, bugungi kunda Afğonistonning 24 million aholisi kambağallik darajasiga yetib kelgan. Işga yaroqli aholining 49 foizi esa işsiz. Işsizlikning yuqoriligi kambağallikning oşib borişiga turtki bölyapti. Afğoniston aholisi 35 million deya işonç bilan aytolmayman, çunki oxirgi aholini töliq röyxatdan ötkaziş 1975 yilda bölgan. Undan keyingi raqamlar hisob-kitoblarga tayanib aytib kelinadi. Pasport tizimi ham juda sekin işlayapti.
Ötiş davrida davlat boşqaruv organlarida ham qiyinçiliklar bor, yangilar kelgan ular moslaşişi kerak. Lekin asosiy muammo iqtisodiy-gumanitar muammo bölib qolmoqda.
Yana bir narsa, xavfsizlikni ta’minlaş borasida ijobiy özgarişlar bor. Avvalgidek töqnaşuvlar va portlaşlar yöq, ança tinç mamlakat. Lekin xavfsizlikka tahdid bölib turgan ikkita omil bor. Bular «Xuroson islom davlati» a’zolari masjidlar va jamoat joylarida teraktlar uyuştiryapti. Yana bir omil Ahmad Mas’ud boşçiligidagi partizanlik harakati. «Tolibon» bularning ikkalasiga ham qarşi kuraşib, tinçlikni ta’minlaşga urinib kelmoqda. Eng asosiysi, Afğonistonning barça rasmiylari Özbekiston tomoniga tahdid bölmaydi, deb aytib kelişmoqda.
— Avvalgi hukumat davrida xalqaro donorlar yuborayotgan yordam pullarining köp qismini hokimiyat tepasidagi yuqori martabali amaldorlar özlaştirib yuborişi, mamlakatda korrupsiya avj olgani haqida köplab yozilgan. «Tolibon» hukumati hozirgi kelayotgan yordamlarning öz egalariga yetib borişi va umuman korrupsiyaga qarşi kuraş borasida qanday işlar qilyapti?
— Haqiqatdan avvalgi hukumat davrida donorlardan kelayotgan pullarning 10-25 foizgaça qismi «yutilib ketişi» haqida va mamlakatda korrupsiya juda kuçli degan fikrlar yurgan. Buni oçiq-oydin afğon ommaviy axborot vositalarida ham berib borişgan.
Bugun «Tolibon» şunga qarşi kuraşişni boşlab yuborgan, biror joydan moliyaviy mablağ yoki yordam kelsa, uni körsatişyapti. Uning xalqqa qay tartibda yönaltirilişi ham aytilyapti. Öz örnida, agarda biror rasmiy pora yoki firibgarlik bilan qölga tuşsa, şariat qonunlari böyiça jazolanmoqda va televideniyeda ham namoyiş etilmoqda. Kiçik muddatda köp misollar keltiriş qiyin, lekin ayta olamanki, korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça xalqning fikri ijobiy.
— Özbekistonda janubdagi okeanga Afğonistondan ötib Eron yoki Pokiston orqali çiqiş böyiça loyihalar bor edi. Hozir Afğonistondagi temiryöl loyihasi nihoyasiga yetgaç, qaysi biri port tanlanişi nazarda tutilmoqda?
— Hozirga kunda prezidentimiz taşabbuslari bilan Mozori-Şarif - Qobul - Peşavor temiryölini quriş loyihasi doirasida işlar davom etmoqda. Bugungi kunda trassalarni örganib çiqiş böyiça kerakli komissiyalar taşkil qilingan. Komissiya hozir bu trassani geofizik jihatdan örganib, xulosa tayyorlaşi kerak. Bu oson iş emas, Mozori-Şarifdan boşlab temir yöl tuşadigan yöllarni ekspeditsiya a’zolari örganib çiqişi kerak.
Bu böyiça işlar boşlangan, hozir xavfsizlikni ta’minlaş, çiqimlar va boşqa masalalar muhokama qilinmoqda.
Peşavor yönalişi bizni dengizga çiqişimiz uçun xizmat qiladigan katta loyiha böladi. Agar hozir biz dengizga çiqiş uçun 15-20 kun vaqt sarflayotgan bölsak, temiryöl qurilişi buni ikki marotabaga kamaytiradi. Taxminiy möljallar böyiça, 4-5 kunda yuklarni Pokistonga olib çiqiş yoki u yerdan olib kelişimiz mumkin böladi. Karaçi portiga yoki boşqa portlarga borsak ham u yerda bemalol dengiz orqali yuklarimizni sotişimiz yoki taşişimiz mumkin böladi.
— Özbekiston nima uçun Afğonistonga Mozori-Şarifdagi aeroportni rekonstruksiya qilib bermoqda, bundan bizga qanday naf bor?
— Bizning janubiy sarhadlarimizda joylaşgan bu şahar nafaqat biz uçun, balki Osiyo va Yevropa davlatlari uçun ham asosiy tranzit hudud hisoblanadi. Bundan taşqari, Mozori-Şarif Afğonistonning yirik iqtisodiy hududlaridan biri hamda Özbekiston orqali olib kirilayotgan yuklarning deyarli barçasini tarqatuvçi majmua desak böladi. Şuning uçun ham u biz uçun muhim. Iqtisodiy aloqalarni rivojlantirişda Hayraton va bu şaharning örni ham juda katta.
Mozori-Şarif xalqaro aeroporti. Foto: Wikimedia
«Tolibon» hukumatga kelgaç iltimosga köra, bizning mutaxassislar kirib, Mozori-Şarif xalqaro aeroportini qayta rekonstruksiya qilib berdi. Nafaqat bino yoki maydon, balki texnik, navigatsiya tizimini ta’mirlaş va boşqa masalalarda ham bizning mutaxassislar yordam berdi.
Bugungi kunda ham uçiş yölagini ta’mirlaş va parvoz uçun tayyorlaş işlari ketyapti. Avvaldan Mozori-Şarif – Toşkent aviaqatnovini yölga qöyiş rejasi bor edi, lekin reja hukumat almaşgaç, çözilib ketdi.
Kelajakda bu qatnov yölga qöyiladi, deb öylayman. Bundan taşqari, kargo maqsadlarida ham bu aeroportdan foydalaniş mumkin böladi. Şu sababli bu afğon xalqiga ham döstona, ham özimizning iqtisodiy manfaatlarimizdan kelib çiqqan bir iş deb öylayman.
— «Tolibon» hukumatini tan oliş borasida xalqaro hamjamiyat bir qança şartlar qöygan. «Tolibon» bu şartlarni bajariş borasida qanday harakat qilmoqda?
— Afğoniston hukumatini tan oliş uçun asosan ikkita şart: inklyuziv hukumat va inson huquqlari, asosan ayollar va bolalar huquqlarini ta’minlaş şartlari qöyilgandi.
Lekin 2021 yil sentabrda e’lon qilingan hukumat inklyuziv bölmadi. Ba’zi afğon rasmiylari buni inklyuziv hukumat deya atayotgan bölsa-da, AQŞ va dunyoning boşqa mamlakatlari talab qilayotgan hukumat tarkibida Afğonistonda yaşayotgan barça etno konfessiya vakillari, ayollar ham hukumat tarkibiga kirişi kerak edi. Ayollarning ta’lim olişiga ham barerlar paydo bölib, bu ularning huquqlari çeklanişi deya baholanmoqda. Şu sababli ğarb davlatlari oçiqdan oçiq talab bajarilmagunça tan olmaymiz, demoqda.
Menimça, bu masala hali davom etadi. Afğoniston hukumati bu borada ijobiy işlar qilişiga umid qilaman. Davlat sifatida tan olinişi Afğoniston uçun köplab eşiklarni oçadi.
—«Tolibon»ning hukumat tepasiga kelişini oddiy xalq qanday qabul qilmoqda?
— Oçiğini aytsam ijobiy ham, salbiy ham qabul qilayotganlar bor. «Tolibon»ni ruhan qöllagan va unga moyil şaxslarni bugun davlat taşkilotlarida köriş mumkin. Respublika davrida manfaatdor bölganlar albatta noroziliklarni bildirişmoqda. Uçinçi bir qatlam esa respublika davrida işlagan yoki boşqa faol ayollar hali ham norozilik namoyişlari qilişmoqda.
Fikrlar turfa xilligi bor. Ba’zi naşrlar yopilib ketgan, işlayotganlari ham köp. Hukumatni tanqid qiliş bor, lekin me’yor darajasiga kelgan. Erkin fikrlarini beradi, lekin qaysidir ma’noda senzura bor.
— «Tolibon» qaysi davlatlarni öziga döst sifatida körmoqda?
— Taşqi işlar vazirligida Qatar davlatini, şuningdek Turkiya va Xitoy bilan munosabatlari yaxşi ekanligini ta’kidlab ötişadi. Qatar va Turkiya Kobul aeroportini ta’mirlaşga yordam berişdi. Bugun toliblarning köplab muzokaralari Doha şahrida ötkazilmoqda. Şu jumladan, Özbekiston bilan ham munosabatlar yaxşi. Bugun ikki davlat örtasida har bir darajada muloqot örnatilgan. Bundan taşqari, Turkmaniston va Qozoğiston haqida ham yaxşi fikrlar bildiriladi.
Pokiston, Hindiston va Eronning mintaqadagi rolini e’tirof etmasdan iloji yöq. Bular ham Afğoniston taşqi siyosatida muhim örin tutadi.
Özbekiston prezidentining maxsus vakili Ismatulla Ergaşev Kobulda afğon va özbek naşrlariga intervyu bermoqda
— Afğoniston va Özbekiston fuqarolari bordi-keldisi uçun qanday tartiblar örnatilgan. Ikki davlatda ham özaro viza orqali kiriş rejimidami?
— Hozir afğonistonlik haydovçilarning Özbekistonga kirib yuk maşinalarida yuk olib kelişiga ruxsat beriş masalasi iltimos qilingan. Bu hozirça körib çiqilmoqda. Bizning haydovçilar kelişuv asosida yaqinda Afğoniston orqali Pokistondan göşt olib kelişdi. Birinçi qadam taşlandi, endi bu kabi tranzit masalalari öz yeçimini topib, takomillaşib borişi kerak.
Avvalgi respublika davrida bizga yiliga 30-40 ming afğonistonlik sayyohlar kirgan. Keyinçalik pandemiya munosabati bilan viza beriş uçun çeklovlar qöyildi. Hukumat tomonidan karantin çeklovlari yeçilgaç, biz Afğoniston fuqarolariga biznes yoki boşqa vizalar berişni boşlaymiz. Bu vaqtinçalik çora, deb hisoblayman.
Lekin hozir Kobul – Toşkent - Kobul reyslari tölib uçmoqda. Uçinçi mamlakatga uçmoqçi bölganlar bemalol biletini körsatib, Toşkent orqali uçişi mumkin.
Afğoniston viza beriş borasida çeklovlar qöymagan, lekin men özbekistonliklarni bu yerga uçib kelişi böyiça tendensiya past ekanligini köryapman. Faqat rasmiylar yoki biznes delegatsiyalar kelib-ketmoqda.