
Kun.uz muxbirining voqea joyidan xabar qilişiça, bunda Afğonistonda röy bergan zilzila oqibatida jabr körganlarga kömak körsatiş maqsad qilingan.
Özbekiston prezidentining maxsus vakili Ismatulla Ergaşev rahbarligidagi delegatsiya Afğonistonga insonparvarlik yordamini yetkazgan. Özbekiston tomonini Afğoniston axborot va madaniyat vaziri hamda favqulodda vaziyatlar vazirining örinbosari kutib oldi.



Bugun, 25 iyun kuni insonparvarlik yordamining 37 tonnasi olib borilgan bölsa, ertaga, 26 iyun kuni yana 37 tonna yetkaziladi.
Insonparvarlik yordami oziq-ovqat mahsulotlari, birlamçi zarur predmetlar va medikamentlardan iborat.


















