Jamiyatimizda yoşlar ba’zan iqtidor va salohiyati böla turib ta’lim olişda turli tösiqlarga duç kelişadi. Beş qöl barobar bölmaganidek, moddiy imkoniyatlari yuqori bölmagan köplab oilalar mavjud.

Ehtiyojmand oilalar farzandlarini oliy ta’lim muassasalarida öqitişda qiyin vaziyatlarga duç kelişadi. Natijada jamiyatimiz köplab kuçli bilimli yoşlarni yöqotişi mumkin. Biroq astoydil istagan va harakat qilişdan töxtamaydigan qat’iyatli inson har qanday vaziyatda öz maqsadlari tomon yöl topa oladi. Hayotning özi unga yangi imkoniyatlar kalitini tutqazadi.

PDP EcoSystem hamkorligida, önta yirik kompaniyalar homiyligi ostida taşkil etilgan Unicorn loyihasi şunday imkoniyatni dasturlaş sohasiga qiziqqan yoşlar uçun taqdim etdi. Uşbu loyiha AyTi sohasida bilim olişni istovçi iqtidorli yoşlarning öqişlari uçun homiylik qilişni közda tutadi.

Grant sohibiga aylangan talabalar:

1. AyTi sohasiga ixtisoslaştirilgan PDP University’da GRANT asosida öqişadi.

2. Toşkent şahrida 1 yil davomida bepul yotoqxona bilan ta’minlanadi.

3. Uç mahal issiq ovqatlaniş imkoniga ega bölişadi.

Talabalar har qanday muammolardan ozod bölgan holda butun diqqatini sifatli ta’lim olişga qaratişlari va natijada eng zamonaviy va daromadli kasb egasiga aylanib nafaqat özi, balki butun bir oilasini moddiy tomonlama töliq ta’minlay oluvçi şaxsga aylanişlari mumkin.

Quyidagi homiy kompaniyalar tomonidan 2024 yil uçun 12 mlrd 900 mln söm miqdorida grant ajratilgan:

  • "SIFCO INTERNATIONAL” MÇJ - savdo belgisi: SIFCO International, ALFARUQ, MERVAN DEVELOPMENT, DECLAS;
  • "MURODLI SAVDO" MÇJ - savdo belgisi: UNION PAPER AND BOARD;
  • "MEGA-TECH SOLUTIONS" MÇJ - savdo belgisi: MEGAVAN;
  • "M-TYRE DISTRIBUTION" MÇJ - savdo belgisi: BALLON BY MEGAVAN; ĞILDIRAK TAMIRLAŞ USTAXONASI;