U hozir PDP universitetining 3-kurs talabasi bölib, backend va fullstack yönalişlarida faoliyat yuritadi. Bekzod dastlab kontrakt asosida oliy ta’limga qabul qilingan, biroq moliyaviy imkoniyat yöqligi sabab öqişni davom ettira olmagan. Keyinçalik gugurt sexida işlab, IT sohasini mustaqil örgangan va bugun 10 ming dollarlik loyihalarda işlayotgan talabalardan biri. Kun.uz muxbiri Özbekistonning şaxsiy sun’iy intellekt (AI) ekotizimini işlab çiqişni maqsad qilgan yoş dasturçi bilan uning ta’lim yöli va loyihalari haqida suhbatlaşdi.

Bekzod mexanik va oşpaz xonadonida oddiy, mehnatsevar oilada voyaga yetdi. Köpçilik ota-onalar kabi uning dadasida ham öğlini jamiyatda hurmatli hisoblangan şifokorlik kasbi egasi sifatida köriş orzusi bor edi.

Qahramonimiz maktabning dastlabki yillarida öqişga unçalik qiziqmagan. 5-sinfdan keyin ustozlarining “yaxşi hayot kaliti – ta’limda” degan gaplari uning qaraşlarini özgartirdi. Şundan söng, kimyo va biologiya fanlarini çuqur örganib, repetitorlarga qatnadi. Biroq unda tibbiyotga nisbatan heç qanday qiziqiş yöq edi.

“Ota-onam şifokor bölişimni xohlaşgan, hamma orzu qiladigan soha deb uqtirişardi. Töğri, maktabda kimyo-biologiyani yaxşi öqidim, qöşimça kurslarga bordim, lekin u yerda özimni, kelajagimni köra olmadim. Çunki qiziqiş yöq edi. Inson özi sevgan kasb bilan şuğullansa, hayoti davomida bir kun ham işlamagandek yaşaydi. Men şunçaki har kuni ertalab majburlikdan işga borib keladigan odam bölişni istamadim”, – deydi u.

Oliy ta’lim muassasalariga kiriş imtihonlari natijalari e’lon qilinganda Bekzodning ismi şartnoma (kontrakt) asosida kirganlar röyxatida edi. Öşa paytda banklar taklif qilgan va oddiy oila budjeti uçun katta bölgan kredit summalari Bekzodning ota-onasiga oğirlik qildi. Moddiy yetişmovçilik sabab şartnoma pulini tölay olmagan yoş yigit oliy ta’lim eşigidan qaytişga majbur böldi.

“Boşida qiynaldim. Göyoki hamma oldinga ketayotgan, men esa bir joyda qotib qolgandek böldim. Qöşnilarning farzandlari universitetga qatnardi, bu payt uyda ötirardim. Özimni poygada yutqazgandek his qilganman. Hatto bir paytlar hayot şu bilan tugadimi, degan öylar ham ötgan. Özimni keraksiz odamdek his qilganman”, – deya eslaydi Bekzod.

Oliygohdan hujjatlarini olib qaytgan yoş yigit izlanişdan töxtab qolmadi. U internet orqali dasturlaş va dizayn asoslarini mustaqil örganişga kirişdi. Köp ötmay, hayotini butunlay özgartirib yuborgan PDP akademiyasiga bordi. Ammo öqiş xarajatlarini qoplaş va oilasiga ortiqça yuk bölmasligi uçun unga mablağ kerak edi. Şu sabab, yigit gugurt zavodining qoronği va issiq sexiga işga kirdi. Haftasiga 3 kun, 12 soatlab oğir ekstruder uskunasi qarşisida smenada turib operatorlik qildi. Oyiga 3,5-4 million söm atrofida daromad topdi. Eng muhimi, zavoddagi oğir smenadan keyin ham çarçoqni yengib, haftasiga 3 kun akademiyaga qatnaş va keçalari uxlamay kompyuter qarşisida kod yozişni töxtatmadi.

Uşbu uzluksiz mehnat va amaliyot tez orada öz mevasini berdi. Akademiyadagi öqiş yakunida Bekzod yana bir bor muvaffaqiyatsizlikka uçraşdan qörqib, uydagilariga ham aytmasdan PDP universitetining “Unicorn” granti imtihonlariga hujjat topşirdi. Natija esa kutilganidan ham a’lo böldi: u 100 foizlik grant sohibi bölib, bepul öqiş, tekin yotoqxona va 3 mahal ovqatlaniş imkoniyatini qölga kiritdi.

“Universitetga qabul qilinganim va bepul öqişimni eşitganimda mendan baxtli odam yöq edi. Uyga qanday yugurib kelganimni bilmayman. Onamga bu haqida aytib, bor ovozim bilan yiğlab yubordim. Universitetga kirdim, ona, tekin öqiyman, dedim. Volidamning öşa paytdagi köz yoşlari va quvonçini şunçaki söz bilan yetkazib berolmayman”, – deydi qahramonimiz hayajon bilan.

Bekzodning ta’kidlaşiça, oliygoh unga moliyaviy mustaqillik va öz ustida işlaş uçun katta vaqtni taqdim etdi. Qahramonimiz öqişni boşlaganidan köp ötmay backend (Go va Python tillarida), keyinçalik esa fullstack (React, NextJS) yönalişida frilanslik faoliyatini yölga qöyadi.

Uni IT olamidagi dastlabki muvaffaqiyati uzoq kuttirmadi. Atigi 3 haftalik frilans buyurtmasidan 450 dollar daromad topgan talaba yigit, köp ötmay mahalliy yirik zavodlardan birini töliq avtomatlaştiriş böyiça 10 000 dollarlik rasmiy şartnomani imzoladi. Loyiha kölamining kattaligini körib, u universitet talabalaridan iborat 6 kişilik maxsus jamoa (1 ta DevOps, 2 ta frontend, 2 ta backend va özi) tuzdi va işni muvaffaqiyatli yakunladi.

Bugun Bekzod uçinçi kursda sun’iy intellekt va kompyuter köriş tizimlari (YOLO, LLM modellar) böyiça ixtisoslaşgan holda tahsil olmoqda. U şunçaki dasturçi böliş emas, global texnologiyalar bilan raqobatlaşişni maqsad qilgan. Hozirda Bekzod iş joylarida xodimlarning vaqtini tejovçi “Sarhisob.com” platformasi hamda boğçalarda bolalar xavfsizligini sun’iy intellekt orqali nazorat qilib, noodatiy holatlarda ota-onaga tezkor xabar yuboradigan yirik startap loyihalari ustida işlamoqda.

“Nima uçun ChatGPT yoki Grok kabi yirik sun’iy intellekt tizimlari faqat Amerikaniki bölişi kerak? Maqsadim şunçaki oddiy çatbot yaratiş emas, mustaqil kod yozadigan va topşiriqlarni bajaradigan töliq Özbekiston milliy AI ekotizimini işlab çiqiş”, – deydi u.

Intervyuni töliq holda Kun.uz’ning YouTube’dagi sahifasida tomoşa qilişingiz mumkin.