Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serdar Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov 14-15 iyul kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘ladi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Asosiy yo‘nalishlardagi amaliy aloqalar, o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish, transport-tranzit salohiyatini samarali ishga solish, suv xo‘jaligi sohasida muhim loyihalarni amalga oshirish, hududlararo muloqotni faollashtirish hamda madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini davom ettirish istiqbollari diqqat markazida bo‘ladi.
Davlat rahbarlari xalqaro ahamiyatga molik masalalar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda. Sammit yakunida qo‘shma bayonot va qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Oliy martabali mehmon Oliy Majlisida uchrashuv o‘tkazishi va Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishishi ko‘zda tutilgan. Ushbu tashrifga tayyorgarlik doirasida 1-2 iyul kunlari Toshhovuz shahrida suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiya tadbirlari muvaffaqiyatli o‘tdi.
12 iyul kuni poytaxtda ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish va strategik sheriklik salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalariga bag‘ishlangan O‘zbekiston-Turkmaniston ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tashrif arafasida Buxoro shahrida birinchi hududlar forumi, ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi hamda O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchi korxonalari ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:29 / 02.03.2026