Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Telegram-kanallar asoschisi Yana Pinchukning Belarusga topshirilishini to‘xtatmoqchi
Yana Pinchuk boshqargan Telegram-kanallar Belarusda ekstremistik deb tan olingan. U 2021 yil dekabridan beri Rossiya tergov izolyatorida saqlanmoqda. Huquq himoyachilari uni ekstraditsiya qilishni to‘xtatishga harakat qilyapti.
BMT Inson huquqlari qo‘mitasi belaruslik faol Yana Pinchukni Rossiyadan vataniga ekstraditsiya qilishni taqiqladi. Bu haqda 13 iyul, chorshanba kuni a’zolari qo‘mitaga murojaat qilgan Moskva Helsinki guruhi ma’lum qildi.
Belarusda Pinchuk muxolifat telegram-kanallarini yaratishda ishtirok etgani uchun 20 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin, Belarus sudi ularni «ekstremistik» deb topgan. Ular orasida «Vitebsk 97%» va «Orsha 97%» kanallari bor.
Qo‘mita Rossiya hukumatini faolning «hayoti, jismoniy va ruhiy daxlsizligi himoyasini ta’minlashga» va BMT uning shikoyatini mohiyatan ko‘rib chiqayotgan paytda «ekstraditsiya qilishdan tiyilish»ga chaqirdi. Ayni paytda, huquq himoyachilari Pinchukning ekstraditsiya qilinishi xavfini juda yuqori deb baholamoqda.
24 yoshli faol 2021 yil dekabridan beri Sankt-Peterburgdagi tergov izolyatorida saqlanmoqda. U Rossiyadan unga vaqtinchalik boshpana berishni so‘ragan, ammo rad javobi olgan. 1 iyun kuni Sankt-Peterburg shahar sudi Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasining Pinchukni ekstraditsiya qilish haqidagi qarorini o‘z kuchida qoldirdi. 14 iyul kuni apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
18:54 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Belarus bosh vaziri bilan uchrashdi
22:20 / 24.05.2026