Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ma’muriy sudlar tomonidan davlat organlariga yuborilgan 2905 ta qaror ijrosi yuzasidan axborot berilmagan
O‘tgan yilda ma’muriy sudlar tomonidan davlat organlariga qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha yuborilgan 5331 ta qarorning 54,5 foizi (2905 ta) ijrosi yuzasidan axborot berilmagan. Bu haqda AOKAda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, ma’muriy sud ishlarini yuritishni xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda takomillashtirish maqsadida tizimdagi bir qator qonunlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Ular:
- davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari samarali himoyasini ta’minlashga;
- davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda fuqaro va tadbirkorlik sub’yektlari odil sudlovga erishish darajasini oshirishga;
- davlat organlari faoliyati qonuniy asosda yuritilishini ta’minlashga;
- fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari buzilgan huquqlarini himoya qilishda sudlar, ayniqsa, ma’muriy sudlar rolini kuchaytirishga;
- ma’muriy sud ish yurituvini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirishga;
- aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga;
- ma’muriy sudlarni haqiqiy xalq sudiga aylantirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
13:12 / 18.05.2026
“Drujba”da yongan Zeekr voqeasi: sud avtomobil egasi foydasiga 450 mln so‘m undirishni belgiladi
12:00 / 15.05.2026
Qarsaklar bilan yakunlangan sud: Yakkasaroydagi yashil hudud va futbol maydonchasi saqlab qolindi
14:58 / 12.05.2026