Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq ayrim rossiyaliklarga qarshi kiritilgan sanksiyalarni olib tashlashni muhokama qilmoqda - Bloomberg
Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgani uchun Rossiyaning 41ta jismoniy shaxs va kompaniyalari YeIni sudga bergan.
Foto: AP
Yevroittifoq ayrim rossiyaliklarga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni olib tashlash masalasini muhokama qilmoqda, Bryusseldagi yuristlar sanksiya kiritish uchun asoslar yetarlicha bo‘lmagan degan fikrga kelgan. Bu haqda Bloomberg o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, 30 nafarga yaqin kishi YeIni sudga bergan, o‘n kishi esa o‘zlarini sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni so‘rab Bryusselga murojaat qilgan.
Yevropa kengashi yuridik xizmati 13 iyul kuni YeI elchilariga bu so‘rovlarning bir qismi asosli ekani va taqdim etilgan ma’lumotlar o‘rganib chiqilganida, cheklov kiritilishiga asos bo‘lgan dalillar yoki zaif yoki eski yoxud ishonchsiz ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, har qanday sanksiyaning huquqiy asosi mustahkam bo‘lishi lozim, chunki sud ishida mag‘lubiyatga uchrash YeI nufuzi va iqtisodiyoti uchun xatarli bo‘lishi mumkin.
Agentlikning ma’lumotiga ko‘ra, sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgani uchun Rossiyaning 41ta jismoniy shaxs va kompaniyalari YeIni sudga bergan. Ular orasida Andrey Melnichenko va uning xotini Aleksandra, Alisher Usmonov, Viktor Rashnikov, Mixail Fridman, Pyotr Aven, Roman Abramovich, Dmitriy Pumpyanskiy, Vadim Moshkovich, Igor Kesayev, Gennadiy Timchenko va boshqalar bor.
Mavzuga oid
12:25 / 05.03.2026
Yevroittifoq Rossiyadan dezinformatsiyaga qarshi kurash strategiyasini o‘zgartirmoqda
09:34 / 05.03.2026
Putin YeIga gaz yetkazib berishni muddatidan oldin to‘xtatish bilan tahdid qilmoqda
14:37 / 03.03.2026
Zelenskiy: YeIga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga deyarli tayyormiz
14:26 / 02.03.2026