O‘zbekiston | 13:02 / 15.07.2022
7633
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi reytingi e’lon qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi reytingini e’lon qildi.

Foto: Getty Images

1-guruh – faoliyati “yaxshi” deb topilgan tashkilotlar:

Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi;

2-guruh – faoliyati “qoniqarli” deb topilgan tashkilotlar:

Adliya, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Maktabgacha ta’lim, Transport vazirliklari, Davlat statistika qo‘mitasi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, Davlat aktivlarini boshqarish, Texnik jihatdan tartibga solish agentliklari, Toshkent shahar va Toshkent viloyat hokimliklari;

3-guruh – faoliyati “qoniqarsiz” deb topilgan tashkilotlar:

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, Xalq ta’limi, Qurilish, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Moliya, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish, Kadastr agentliklari, Bo‘ka va Mirzo Ulug‘bek tumani hokimliklari.

Baholash yakunlari bo‘yicha:
 
“yaxshi” deb baholangan davlat tashkilotlari korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ijobiy tajribasi ommalashtiriladi;

“qoniqarli” deb baholangan davlat tashkilotlariga ular korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar kiritiladi;

“qoniqarsiz” deb baholangan davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi va ijrosi ta’minlash yuzasidan tegishli rahbarlar hisobotlari har chorakda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishlarida eshitib boriladi.

Reyting baholash natijalari Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga yuborildi.

Reyting baholash tizimi yil yakuniga ko‘ra barcha davlat idoralari va tashkilotlari faoliyati bo‘yicha amalga oshiriladi va jamoatchilikka e’lon qilib boriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid