Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya chegarasini kesib o‘tishdagi cheklovlar bekor qilindi
Bugun, 15 iyuldan boshlab pandemiya sababli 2020 yil mart oyida Rossiya Federatsiyasi hududiga kirish bo‘yicha joriy qilingan barcha cheklovlar bekor qilindi.
Migratsiya agentligi xabariga ko‘ra, Rospotrebnadzor koronavirus cheklovlarini bekor qilgan bo‘lsa-da, Rossiya hukumati tomonidan quruqlikdagi chegaradan mamlakat tashqarisiga chiqishdagi cheklovlar saqlanib qolingan.
Shu bilan birga, agar COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat yomonlashsa, cheklov choralari qayta tiklanishi mumkin.
2020 yil martda koronavirus pandemiyasi fonida Rossiyaning quruqlikdagi chegarasini kesib o‘tishga cheklovlar joriy etilgandi. Mamlakatga samolyot yoki dengiz orqali keluvchi xorijliklar uchun cheklovlar 14 iyun kuni bekor qilingandi.
15 iyuldan Belarus fuqarolari uchun Rossiyaga uchib kelganda PZR-test natijasini taqdim etish talabi ham bekor bo‘ladi. Boshqa mamlakatlar fuqarolaridan PZR-test natijasini talab qilish tartibi saqlanib qoladi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026