Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon va Armaniston bir-birini chegarada otishma sodir etishda aybladi
Har ikki mamlakat mudofaa vazirliklari «javob choralari natijasida dushman hujumi bostirilgan»ini xabar qildi.
15 iyuldan 16 iyulga o‘tar kechasi Armaniston armiyasi ikki mamlakat chegarasida joylashgan Ozarboyjon qurolli kuchlari pozitsiyasini o‘qqa tutdi, deb ma’lum qildi Ozarboyjon mudofaa vazirligi.
Xabarga ko‘ra, Armaniston qurolli kuchlari bo‘linmalari chegaradosh Bosarkechar rayonining Yuqori Sho‘rcha aholi maskanida joylashgan Ozarboyjon armiyasi pozitsiyasini o‘qqa tutgan.
Qayd etilishicha, Ozarboyjon armiyasi bo‘linmalarining «javob choralari natijasida dushman daf qilingan».
Armaniston Ozarboyjon tomonining bayonotini rad etib, uni «dezinformatsiya» tarqatishda aybladi. Yerevan, o‘z navbatida, Ozarboyjonni chegarada otishma sodir etishda aybladi.
Armaniston mudofaa vazirligining bildirishicha, «Ozarboyjon qurolli kuchlari bo‘linmalari Armaniston-Ozarboyjon chegarasida joylashgan arman harbiylari pozitsiyalarini o‘qqa tutgan».
«Ozarboyjon bo‘linmalarining o‘t ochishi Armaniston tomonining javob choralari natijasida bostirildi», deyiladi Armaniston mudofaa vazirligi xabarida.
Mavzuga oid
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026