Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina mudofaa vazirligi vakili Qrimdagi nishonlarga HIMARS raketalari bilan zarba berilishi mumkinligini bildirdi
Ukraina Amerikaning HIMARS yalpi o‘t ochish raketa tizimlaridan Rossiyaning Qrimdagi obektlariga zarba berishda foydalanishi mumkin. Bu haqda Ukraina mudofaa vazirligi razvedka bosh boshqarmasi vakili Vadim Skibitskiy ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yarimorol «Rossiya texnikasi, o‘q-dori va qurol-yarog‘lari Ukrainaga olib o‘tiladigan habga aylanib qoldi», Qora dengiz floti akvatoriyasidan esa Ukraina hududiga raketa zarbalari berilmoqda.
«Bular, birinchi navbatda, «Kalibr» tizimlari, fregatlar, kichik raketa kemalari, suvosti kemalari bo‘lib, buyruqni kutmoqda, keyin esa kunning istalgan vaqtida zarba bermoqda», — dedi u.
Mudofaa vazirligi vakili ularni «mamlakat xavfsizligini ta’minlash uchun» Kiyevning asosiy nishonlari deb atadi.
Avvalroq Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov G‘arb tomonidan berilgan yuqori aniqlikdagi qurollardan Rossiya hududidagi obektlarga zarba berishda foydalanilmasligini aytgandi.
Reznikovning so‘zlariga ko‘ra, u Pentagon rahbariga yo‘llagan maktubida Amerika qurolidan dushmanni «tutib turish» va Ukraina hududini «deokkupatsiya qilish» uchun foydalanishga va’da bergan.
AQSh iyun boshlarida Ukrainaga HIMARS yalpi o‘t ochish tizimlari taqdim etilishini bildirgandi. Shundan so‘ng Ukraina prezidenti ofisi bu quroldan Rossiyadagi obektlarga zarba berishda foydalanish rejalashtirilmaganini ta’kidladi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026
Solovyov dronlar hujumini tasvirga olganlarni qamashni talab qildi
08:58 / 19.06.2026