Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rossiyaga qarshi sanksiyalar hali uzoq vaqt saqlanib qoladi» - Olaf Shols
Germaniya kansleri Rossiyaga qarshi sanksiyalar uzoq vaqt davom etadi, degan fikrda. Bu nemislar uchun qiyin bo‘ladi, lekin Putinning «neokolonial» kursini har qanday holatda ham to‘xtatish kerak, deb yozadi Shols.
Germaniya kansleri Olaf Shols nemislarni Rossiyaga nisbatan sanksiyalar uzoq davom etishi va bu qiyinchiliklar bilan birga kechishi haqida ogohlantirdi. Shunday bo‘lsa-da, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning «neokolonial» kursi har qanday holatda ham to‘xtatilishi kerak, deb yozadi Shols 17 iyul, yakshanba kuni Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasi uchun maqolasida.
«Bizning sanksiyalarimizni uzoq vaqt saqlab qolishimiz kerakligi boshidanoq ma’lum bo‘lgan», deb yozadi Germaniya hukumati rahbari va agar Rossiya qo‘ygan shartlar asosida tinchlik o‘rnatilsa, Putin jazo choralarining hech biri bekor qilinmasligini aniq tushunishi kerakligini ta’kidladi.
Kansler, agar Putinning Ukrainadagi agressiyasiga hozir javob qaytarilmasa, u davom etishi haqida ogohlantirdi va NATO hatto alyans hududida ham Rossiya hujumi ehtimolini istisno qilolmasligini qayd etdi. «Agar Putinga javobgarlikdan qutulishga ruxsat berilsa, u kuch bilan qonunni buzishi mumkinligi va bu hech qanday oqibatlarga olib kelmasligini tushunib qoladi. Oxir-oqibat, bizning erkinligimiz va xavfsizligimiz ham xavf ostida qoladi», - deydi Olaf Shols.
Germaniya uchun oqibatlar haqida gapirar ekan, u qo‘shimcha qildi: «Bu yo‘l, hatto biznikidek kuchli va gullab-yashnagan davlat uchun ham oson emas. Bizga katta sabr-toqat kerak bo‘ladi». Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyada aksariyat fuqarolar allaqachon urush oqibatlaridan, ayniqsa, benzin va oziq-ovqat narxining yuqoriligidan aziyat chekmoqda. Shuning uchun Germaniya hukumati 30 milliard yevrolik ikkita yordam paketi haqida qaror qabul qildi, dedi Germaniya kansleri.
Jahon iqtisodiyoti hozirda «o‘nlab yillar davomida ko‘rmagan muammolarga duch kelmoqda», dedi u. Bu ta’minot zanjirlari uzilib qolishi, xomashyo tanqisligi va urush tufayli energetika bozorlaridagi noaniqlik bilan bog‘liq. Bularning barchasi butun dunyoda yuqori narxlarga olib keladi. «Dunyodagi hech bir davlat bunga qarshi tura olmaydi», - deb ta’kidlaydi Shols FAZ’dagi maqolasida. «Biz birga bo‘lishimiz va birgalikda harakat qilishimiz kerak», dedi u.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026